"O‘zbektelekom" aksiyadorlik kompaniyasi Jizzax filiali


- me’yoriy va me’yoriy-xuquqiy hujjatlariga; -



Yüklə 32,68 Kb.
səhifə2/3
tarix19.12.2022
ölçüsü32,68 Kb.
#121438
1   2   3
2-TOIFALI MUHANDIS

- me’yoriy va me’yoriy-xuquqiy hujjatlariga;
- axborot xavfsizligini ta’minlash talablariga;
- mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va yong‘in xavfsizligi qoidalariga hamda ishlab chiqarish sanitariyasi me’yorlari va qoidalariga;
- kompyuterdan, shu jumladan Microsoft Office (Word, Exsel, Power Point), Internet Explorer va E-mail (Outlook Express) dasturlaridan foydalana olishni bilishi lozim.


2. Lavozim majburiyatlari

2.1. Guruh oliy toifali muhandisining lavozim majburiyatlari quyidagilardan iborat:


- Yuqori tashkilotlar, filialning buyruq hamda farmoyishlari shuningdek ShTB boshlig‘i va bosh muhandisi bergan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
- Telekommunikatsiya inshoatlari, havo va yer osti aloqa liniyalarini hamda boshqa uskunalarni belgilangan tartibda texnik hisobini yuritishni va pasportlashtirish hamda foydalanish jarayonida tuzilgan pasportlarga va texnik hujjatlarga o‘z vaktida tegishli o‘zgartirishlar kiritishni ta’minlaydi;
- “O‘zbektelekom” AK Jizzax filiali, ShTB tasarrufidagi bino va inshoatlar, yer osti va yer ustki aloka liniyalarini yo‘qlamadan o‘tkazishni va “Geoaxborot tizimini yaratish” loyihasini yuritishni bajaradi;
- Axborot xavfsizligi va maxfiylik tizimiga rioya qilgan holda ishlab chiqarishni, texnik hujjat va jurnallarni vaqtida va haqqoniy yuritishni, belgilangan muddatlarda hisobotlar uchun ma’lumotlar topshirilishini ta’minlaydi;
- Qurilishi tugallangan yangi telekommunikatsiya inshoatlari, kabel aloqa liniyalarini hamda boshqa uskunalarni belgilangan texnik hujjat va jurnallarda hamda pasportlashtirish shakllarida hisobga olishni ta’minlaydi;
- Boshqa tashkilotlar tomonidan aloqa liniyalarining qo‘riqlov zonasida yer ishlari olib borish uchun texnik shartlar tayyorlaydi va ular tomonidan telekommunikatsiya inshoatlarida montaj, ta’mirlash va sozlash ishlarini bajarilishida texnik nazorat ishlarini amalga oshiradi;
- Shahar telefon stansiyalaridan qabul qilingan hisobotlar, shuningdek liniya-kabel xo‘jaligining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha hisobotlarning haqqoniyligini doimiy tekshirib boradi, tekshirish jarayonida aniqlangan hisobotlardagi kamchiliklar (qo‘shib yozish, kamaytirib yozish va hokazo..) to‘g‘risida rahbariyatga chora ko‘rish uchun bildirishnoma va aniqlangan kamchilikni tuzatish chorasini ko‘rish bo‘yicha ma’lumot kiritadi;
- Liniya-kabel xo‘jaligidagi bo‘sh, band, soz va nosoz juftliklarni xisobini yuritish, nosoz bo‘lgan juftliklarni almashtirish va aylana aloqa tashkil qilish uchun bo‘sh soz juftliklar ajratish ishlarini olib boradi;
- Stansiya raqamlarini va liniya-kabel xo‘jaligidagi juftliklarni zaxiralash, kabel inshoatlarini yangi liniya inshoatlariga ulash ro‘yxatlarini tayyorlaydi;
- Liniya inshoatlari, telefon o‘rnatish yoki boshka joyga ko‘chirish imkoniyatlari xaqida kerakli ma’lumotlarni tayyorlaydi;
- Shahar telefon stansiyalarining liniya-kabel xo‘jaligi bo‘yicha yil davomida bo‘lgan o‘zgarishlar to‘g‘risida yillik hisobotlar uchun filialga ma’lumot tayyorlaydi;
- Filialdagi mavjud texnik hujjat, jurnal va pasportlashtirish shakllaridagi ma’lumotlarni bog‘lamalardagi telekommunikatsiya inshootlarini haqiqiy asli holatlari bilan doimiy ravishda profilaktik solishtirish ishlarini tahlil qilib boradi;
- Texnik hisob va pasportlashtirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni ShTB tegishli guruh va xodimlarida liniya-kabel xo‘jaligida bo‘lgan o‘zgarishlar to‘g‘risidagi hisobotlarni har oyda qabul qiladi va ular asosida liniya kabel xo‘jaligining pasportiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritib boradi;
- Telekommunikatsiya qurilmalarini texnik hisob va pasportlashtirish uchun texnologik dasturlarida ( “UTR” va “UPLKS” moduli) ishlaydi;
- UTR” va “UPLKS” modul tizimiga telekommunikatsiya uskunalarinining (MSAN, Swich, xDSL, platalar, ATS, IAD, OLT, splitter va boshqalar) kiritilishini taminlaydi.



Yüklə 32,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin