"O‘zbektelekom" aksiyadorlik kompaniyasi Jizzax filiali



Yüklə 32,68 Kb.
səhifə3/3
tarix19.12.2022
ölçüsü32,68 Kb.
#121438
1   2   3
2-TOIFALI MUHANDIS

3. Huquqlari

3.1 Guruh 2-toifali muhandisi quyidagi huquqlarga ega:


- Bog‘lama guruhlaridan o‘z xizmat vazifasiga oid hujjatlarni talab qilib olish;
- Aloqa sohasini rivojlantirish, yo‘nalishdagi ma’lumotlarni sifatli va to‘liq tayyorlanishi, topshiriqlarning ijrosini o‘z vaqtida bajarilishi shartlarida o‘z fikr va mulohazalarini bildirish;
- Inventarizatsiya, liniya o‘zgarishlari ishlarida shuningdek texnik kengash ishlarida ishtirok etish;
- Yuklatilgan vazifani bajarishda zarur hollarda transport vositasidan, aloqa va internet xizmatidan foydalanish;
- Bog‘lamaning boshqa guruh va boshqa tegishli xodimlar bilan kadrlar malakasini oshirish maqsadida seminar va o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazishda ishtirok etish;
- O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi va yagona jamoa shartnomasida belgilangan imtiyoz va huquqlardan foydalanish.


4. Javobgarligi

4.1. Guruh 2-toifali muhandisi o‘z zimmasiga yuklangan lavozim majburiyatlarini tegishli ravishda bajarilishiga, shuningdek quyidagilarga javobgardir:


- Texnik hisob va pasportlashtirish guruhi 2-toifali muhandisi ushbu yo‘riqnoma o‘z
vaqtida to‘liq bajarilishiga, axborot xavsizligini ta’minlash masalalari texnik hisob va pasportlashtirish shaklarini to‘g‘ri to‘ldirilishiga hamda ularni o‘z vaqtida sifatli qilib tayyorlash va ularni haqqoniyligiga javobgardir;
- Bog‘lama xizmat ko‘rsatish hududiga tegishli telefon stansiyalaridagi liniya-kabel xo‘jaligining yangidan tuzilgan pasportlarini belgilangan tartibda saqlanishi va ularni butligini ta’minlash;
- Bo‘limda mavjud barcha jihoz va texnika vositalarining butligini ta’minlash;
- Ishlab chiqarish mehnat jamoa va ichki tartib intizomi texnika xavfsizligi va yong‘inga qarshi xafsizlik mehnat muhofazasi qoidalariga rioya qilish va doimiy ravishda bajarilishiga javobgardir.


5. O‘zaro munosabatlari

5.1 Guruh 2-toifali muhandisining lavozim yo‘riqnomasida belgilangan majburiyatlari ijrosini amalga oshirishda:


- Yo‘nalish bo‘yicha bog‘lama guruhlaridan tegishli ma’lumotlarni talab qilib oladi va hamkorlikda ish olib boradi;
- Liniya kabel xo‘jaligiga oid ma’lumotlar, yagona jamoa shartnomasida belgilangan imtiyoz va huquqlardan foydalanish maqsadida ma’lumotlarni filial va bog‘lamalarning javobgar xodimlaridan talab qilib olish;
- Telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va ekspluatatsiya bo‘limi bilan bog‘lama tasarrufidagi magistral va mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlaridagi (LKX) mavjud aloqa qurilmalari (TJ, quduq, ustun, YaKG, KRT va boshqalar) holati soni haqida hisobotlarni tayyorlash uchun filialga muddatida ma’lumot taqdim etish bo‘yicha;
- Telekommunikatsiya bog‘lamalari bilan bog‘lama aloqa inshootlari va liniya-kabel xo‘jaligidagi o‘zgarishlar va yangi qurilgan obyektlarni pasportlashtirish ishlari bo‘yicha;
- Personal bilan ishlash bo‘limi bilan tegishli kadrlarni tanlash, ularni yo‘nalishi bo‘yicha malakasini oshirish va ishlash uslubini takomillashtirish, xodimlarni yillik mehnat ta’tiliga chiqish ro‘yxati, mexnat ta’tilini rasmiylashtirish, xizmat safari va ish joyidan ma’lumotnoma berish bo‘yicha;
- Buxgalteriya bilan bo‘limda amalga oshirilgan moliyaviy hisob-kitob ishlari, komandirovkalar hisoboti taqdim etish bo‘yicha;
- Byudjetni rejalashtirish bo‘limi bilan bo‘lim biznes rejasini shaklantirish masalalari bo‘yicha;
- Kapital qurilish va loyihalashtirish bo‘limi bilan manzilli dasturga kiritilgan qurilish ishlari chizmalari va loyihalar yakunlangandan so‘ng pasportlashtirish ishlarini olib borish bo‘yicha;
- Yuriskonsult bilan shartnomalar tuzish va tashkiliy-huquqiy hujjatlarni kelishish masalalari bo‘yicha;
- Axborot xavsizligi va axborot texnologiyalari xizmati bilan axborot xavfsizligini va antivirus himoyasi bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha;
- Hujjat almashinuvi va nazorat xizmati bilan ish yuritish, rahbariyat topshiriqlarini nazoratdan olish va muddatini uzaytirish masalalari bo‘yicha;
- Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi xizmati bilan mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi ishlarini tashkillashtirish bo‘yicha;
- Fuqaro muhofazasi va safarbarlik ishlari xizmati bilan fuqaro muhofazasi va safarbarlik hamda yong‘in xavfsizligi ishlarini tashkillashtirish bo‘yicha;
- Billing markazi xizmati bilan bo‘limdagi kompyuter texnikasi jihozlari va hisoblash uskunalarini ta’mirlash va profilaktika ishlari masalalari bo‘yicha;
- Ekspluatatsiya va xo‘jalik ishlari xizmati bilan bino, ofis mebellari va boshqa jihozlar bilan ta’minlash hamda ularni ta’mirlatish masalalari bo‘yicha;
- Standartlashtirish va sifat menejmenti tizimi xizmati bilan me’yoriy hujjatlari ro‘yxatini tasdiqlash, o‘zgartirish kiritish masalalari bo‘yicha;
- Call center xizmati bilan kunlik yangi o‘rnatilgan abonent kartochkalarni taqdim etish texnik ma’lumotlarni solishtirib borish masalalari bo‘yicha;
- Avtotransport uchastkasi bilan avtotransport texnikasi ajratish masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlikda ish yuritadi.
Jizzax shahar TB boshligʼi I.Payzullayev
Filial direktorining texnik
masalalari bo’yicha oʼrinbosari R.Hoshimov

Filial 1-toifali yuriskonsulti A.Xolbekov


Filial Personal bilan ishlash boʼlimi boshligʼi B.Nabiyev


Filial Standartlashtirish va sifat menejmenti


tizimi boʼyicha 1-toifali muhandisi N.Mirzaqobilova
Yo’riqnoma bilan tanishdim:

_________________ ________________________ _________________




_________________ ________________________ _________________
Yüklə 32,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin