O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha


Buyruq №________. Vaqt _______ (soat, daqiqa)



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə12/100
tarix11.05.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#126707
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   100
ИДП лотинча графикада

Buyruq №________. Vaqt _______ (soat, daqiqa).
"____yo’ldagi №___poezdning mashinisti. _____ guruh signali Siz uchun ochiq. Lokomotiv signalizatsiyasi soz bo’lsa jo’nashga ruxsat beraman. DSP_____".

v) chiqish guruh svetoforining taqiq ko’rsatmasida poezdni jo’nashiga ruxsat lokomotiv mashinistiga radio aloqa orqali quyidagi shaklda qayd etiluvchi buyruq bilan uzatiladi:




Buyruq №________. Vaqt _______ (soat, daqiqa).
"____ yo’lda turgan №____poezdga ____ asosiy yo’l bo’ylab chiqish svetoforining taqiq ko’rsatmasida jo’nashga va peregonga chiqqunga qadar 20 km/soat dan ortiq bo’lmagan tezlikda harakatlanishga, shundan so’ng lokomotiv svetofori signallariga binoan harakatlanishga ruxsat beraman. DSP____".


51. Avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi amal qilishini to’xtatishni taqazo qiladigan nosozliklarga quyidagilar kiradi:
a) ketma-ket uchta va undan ortiq blok-uchastkaning sohta bandligi;
b) bir yo’llik va ikki yo’llik peregonda, agar harakat yo’nalishi noto’g’ri yo’nalish bo’yicha o’rnatilgan bo’lsa, yo’nalishni o’zgartirishga imkoniyat yo’qligi, jumladan, yordamchi rejim dastaklari (knopkalari) vositasida ham;
v) blok-uchastka amalda poezd bilan band etilgan holda nazorat asboblari uni bo’shligini ko’rsatsa (lokomotiv svetoforida ruxsat ko’rsatmasi bo’lsa).
Ko’rsatilgan hollarda, shuningdek, poezdning stansiyadan yoki belgilanmagan yo’ldan jo’natilishi oldidan lokomotiv svetoforining har qanday nosozligi aniqlangan hollarda avtomatik lokomotiv signalizatsiyaning amal qilishi to’xtatiladi va poezdlarning harakati telefon aloqa vositalari orqali o’rnatiladi.


52. Telefon aloqa vositalariga o’tish va avtomatik lokomotiv signalizatsiyasini tiklash tartibi ushbu Yo’riqnomaning 41-46-bandlarida bayon etilgan.
Bunda dispetcher buyruqlari va poezd telefonogrammalari matnida "avtoblokirovka" so’zi "avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi" so’zlariga almashtiriladi.


53. Poezdlar harakatida mustaqil signalizatsiya va aloqa vositasi sifatida avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi qurilmalari bilan jihozlangan uchastkalarda harakatni tashkil etishning ushbu Yo’riqnoma talablariga muvofiq konkret tartibi DATK boshqaruvi raisi tomonidan tasdiqlanadigan mahalliy Yo’riqnomalarda belgilanadi.


Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin