O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha


MARKAZLASHTIRILGAN DISPETCHERLIK QURILMALARI



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə16/100
tarix11.05.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#126707
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   100
ИДП лотинча графикада

MARKAZLASHTIRILGAN DISPETCHERLIK QURILMALARI
NOSOZLIGIDA ISHLASH TARTIBI


66. Agar to’g’ri belgilangan marshrutda va qabul qilish yo’lining (boshqaruv asboblari ko’rsatmalari bo’yicha) bo’sh holatida kirish svetofori ochilmasa, poezd uning taqiq ko’rsatmasida poezd dispetcherining lokomotiv mashinistiga beradigan quyidagi shakldagi qayd etiluvchi buyrug’i bo’yicha kiritiladi:


"№____poezdni _____ stansiyaning _____ yo’liga kirish svetoforining taqiq ko’rsatmasida kirishiga ruxsat beraman. DNS ____".

Poezd dispetcherining buyrug’i bo’yicha stansiyaga kirganida mashinist poezdni


20 km/soat dan ortiq bo’lmagan tezlikda, o’ta ehtiyotkorlik bilan va harakatga to’siq uchrasa darhol to’xtatishga tayyor holda yuritishi lozim.
Agar stansiya rezerv boshqaruvda bo’lsa va kirish svetoforining nosoz holatida poezd ushbu Yo’riqnomaning 265-bandida ko’zda tutilgan tartib bo’yicha qabul qilinadi.


67. Chiqish svetoforining nosozligida poezd faqat peregon qarama-qarshi kelayotgan poezdlardan bo’sh holda va poezd dispetcherining mashinistga uzatadigan quyidagi shakldagi buyrug’i bilan jo’natilayotgan poezd uchun harakat yo’nalishi belgilanganida jo’natiladi:


"№ _____ poezdga _____ stansiyadan ____ yo’l bo’ylab ____ chiqish svetoforining taqiq ko’rsatmasida jo’nashga ruxsat beraman. DNS ___".

Bunday buyruqni olgandan so’ng mashinist stansiyadan jo’nab, birinchi o’tish svetoforigacha poezdni 20 km/soat dan ortiq bo’lmagan tezlikda o’ta ehtiyotkorlik bilan va harakatga to’siq uchrasa, darhol to’xtashga tayyor holda yuritish, so’ngra avtoblokirovka signallari bo’yicha harakatlanish xuquqiga ega.


Avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi bilan jihozlangan uchastkalarda poezd peregonga kirganidan so’ng mashinist ushbu Yo’riqnomaning 34-bandida ko’zda tutilgan tartibda harakatlanadi.
Stansiya rezerv boshqaruvida bo’lganda, nosoz chiqish svetoforida poezdni jo’natish ushbu Yo’riqnomaning 30 va 31-bandlarida ko’zda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.


68. Strelkani markaziy pultdan o’tkazishning iloji bo’lmasa, poezd dispetcheri strelkalarni tozalovchi xodimni yoki stansiyaning boshqa xodimini chaqirib, strelkani ko’rikdan o’tkazishni va imkon bo’lsa, boshqaruv buzilishi sababini bartaraf etishni (masalan, ostryak va rom relsi orasiga tushgan yot jismni olib tashlashni) talab qiladi. Agar tegishli xodim tashqi ko’rik natijasida strelkani o’tmasligi sababini aniqlay olmasa va bartaraf etolmasa, dispetcher ushbu strelka boshqa holatga o’tkazilishi lozim bo’lgan marshrutlar bo’yicha poezdlarni o’tkazishni to’xtatadi, uni ko’rikdan o’tkazish va ta'mirlash uchun elektrmexanikni chaqirtiradi, ushbu strelka esa mahalliy boshqaruv pultidan o’tkaziladi yoki stansiya rezerv boshqaruvga o’tkaziladi.
Strelkani mahalliy boshqaruv pultidan o’tkazishning iloji bo’lmasa, strelka ushbu Yo’riqnomaning 389-bandida belgilangan tartibda qo’lda boshqaruvga topshiriladi, bu holat poezd dispetcherining buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi.
Navbatchi xodimlar xizmat ko’rsatmaydigan alohida punktlarda strelkalarni ko’rikdan o’tkazish, zarur hollarda ularni o’tkazish uchun ham DATK boshqaruvi raisi tomonidan belgilangan tartibda o’tayotgan poezdlarning lokomotiv brigadalari jalb etilishi mumkin.


69. Strelkali ajratilgan uchastka nosozligi sababli soxta bandlikni ko’rsatsa, strelkalarning tegishli guruhi mahalliy boshqaruv pultidan o’tkaziladi yoki stansiya rezerv boshqaruvga topshiriladi.


70. Tablo qabul qilish yo’lining sohta bandligini ko’rsatayotganda, shikast tuzatilgunga qadar poezd dispetcheri, odatda, poezdlarni ushbu yo’lga qabul qilmasligi kerak. Zarur holatda, stansiya boshlig’i yoki poezdlarni qabul qilish va jo’natish vazifalari yuklatilgan o’zga xodim orqali qabul qilish yo’lining bo’shligini poezd dispetcheri tekshirgandan so’ng, uning qayd etiluvchi buyrug’iga binoan, poezd ushbu yo’lga yopiq kirish svetoforida qabul qilinadi yoki stansiya rezerv boshqaruvga topshiriladi.
Tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi navbatchi xodimlari tomonidan xizmat ko’rsatilmaydigan alohida punktlarda, qabul qilish yo’lining bo’shligini tekshirish DATK boshqaruvi raisi tomonidan belgilangan tartibda lokomotiv brigadasiga yuklatilishi mumkin.


71. Bir yoki bir necha stansiyaning kodli boshqaruvi nosozligida poezd dispetcheri ushbu stansiyalarni rezerv boshqaruvga o’tkazishi lozim. Bunday hollarda ushbu stansiyalarning yo’llari, strelkalari va svetoforlari holatini nazorat qiluvchi asboblarning ko’rsatmalariga tayanish taqiqlanadi.


72. Peregonni chegaralovchi stansiyalardagi avtoblokirovkaning nosozligida, dispetcherning ko’rsatmasi bo’yicha navbatchilikka stansiya boshliqlari yoki poezdlarni qabul qilish va jo’natish vazifalari yuklatilgan o’zga xodimlar kirishadilar.
Poezd dispetcherining buyrug’iga binoan avtoblokirovka amal qilishi to’xtatiladi va poezdlar harakati telefon aloqa vositalari orqali o’rnatiladi. Telefon aloqaga o’tishni rasmiylashtirishdan avval poezd dispetcheri stansiyalararo peregonning bo’shligini aniqlashi, stansiyalarni esa rezerv boshqaruvga topshirishi kerak.
Agar, nosoz avtoblokirovkali peregonlar poezdlarni qabul qilish va jo’natish vazifalarini bajaruvchi navbatchi xodimlar shtati bo’lmagan alohida punktlar bilan chegaralangan bo’lsa, toki stansiyaga tegishli xodimlar chaqirtirilgunga qadar, poezd dispetcheri yo’l va strelkalar holatini nazorat qilayotgan bo’lsa, alohida poezdlarni bo’sh peregonga bevosita lokomotiv mashinistiga ushbu Yo’riqnomaning 42-bandida belgilangan shaklda uzatiladigan poezd dispetcherining qayd etiluvchi buyrug’iga binoan jo’natilishi mumkin. Bunday tartibni qo’llash ruxsat etilgan peregonlar va poezdlar harakati xavfsizligini ta'minlash bo’yicha talablar DATK boshqaruvi raisi tomonidan belgilanadi.


73. Avtoblokirovkani boshqarish asboblari yordamchi rejim dastaklari yoki knopkalari bilan jihozlangan bir yo’llik peregonlarda, xaqiqatda bo’sh peregon band deb ko’rsatilishi oqibatida poezd dispetcheri harakat yo’nalishini o’zgartira olmasa va chiqish svetoforini ocholmasa, avtoblokirovka amal qilishini to’xtatish talab etilmaydi. Bu holatda peregonning bandligini aniqlagandan so’ng poezd dispetcheri chegaralovchi alohida punktlarga stansiya boshliqlarini yoki poezdlarni qabul qilish va jo’natish vazifalari yuklatilgan boshqa xodimlarni chaqirib, maxsus dastak (knopka) lar yordamida avtoblokirovka yo’nalishini o’zgartirishga ko’rsatma beradi. Chaqirtirilgan xodimlar plombalarni yechadilar, avtoblokirovka yo’nalishini o’zgartiradilar va nazorat asboblarining ko’rsatmalari bo’yicha yo’nalish o’zgarganligiga ishonch hosil qilgandan so’ng, yordamchi dastak (knopka)larni normal holatga keltiradilar. Shundan so’ng poezdlar avtoblokirovka bo’yicha poezd dispetcheri tomonidan jo’natiladi.
Stansiyaga harakat yo’nalishini o’zgartirish bilan bog’liq vazifalarni bajarish uchun chaqirtirilishi mumkin bo’lgan xodimlar shtati mavjud bo’lmagan alohida punktlar bilan chegaralangan ayrim peregonlarda avtoblokirovka bo’yicha yo’nalishni o’zgartirish yordamchi dastak (knopka) lari bevosita poezd dispetcherining pultida o’rnatilishi mumkin. Bunday peregonlar ro’yxati va harakat yo’nalishini o’zgartirish bo’yicha poezd dispetcheri bajaradigan amallar tartibi DATK boshqaruvi raisi tomonidan belgilanadi.
Yo’nalishini o’zgartirish imkoni bo’lmagan hollarda avtoblokirovkadan foydalanish to’xtatiladi.


74. Ushbu bobda ko’rsatilgan tartib markazlashtirilgan dispetcherlikda poezdlar harakati va manyovr ishlarini tashkil etishning asosiy qoidalarini belgilaydi.
Ushbu qoidalarga muvofiq har bir uchastka (yo’nalish) uchun konkret sharoitlarni hisobga olib DATK boshqaruvi raisi tomonidan tasdiqlanadigan Yo’riqnoma ishlab chiqiladi.



Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin