O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha


ELEKTR JEZLLAR TIZIMI NOSOZLIGIDA POEZDLAR



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə25/100
tarix11.05.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#126707
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   100
ИДП лотинча графикада

ELEKTR JEZLLAR TIZIMI NOSOZLIGIDA POEZDLAR
HARAKATI VA JEZL APPARATLARIDA JEZLLAR MIQDORINI
BOSHQARISHNI TARTIBGA SOLISH


127. Elektr jezl tizimi quyidagi holatlarda nosoz hisoblanadi:
a) peregon bo’sh bo’lgan holatda jezlni apparatga kiritish yoki apparatdan chiqarishning iloji bo’lmasa;
b) yo’qotilganligi oqibatida peregonga tegishli jezl bo’lmasa;
v) jezl apparatida yoki induktorda plombalar bo’lmasa;
g) induktor dastagi teskari tomonga (yakor bilan birga) aylanish ehtimoli bo’lsa;
d) qo’shni stansiya tok yubormaganda ham jezl apparati ampermetrining strelkasi o’ynasa yoki qo’ng’iroq jiringlasa.


128. Barcha ko’rsatilgan holatlarda, shuningdek, jezl apparatlarini ta'mirlash, ko’chirish, almashtirish paytlarida elektr jezl tarmog’idan foydalanish taqiqlanadi va poezdlar harakati telefon aloqasi orqali amalga oshiriladi.
Poezdlar harakat vaqtida aloqaning boshqa turiga o’tish, shuningdek, aloqaning asosiy turini tiklash, poezd dispetcherining oldindan boshqa stansiyalar navbatchilari orqali peregonning bo’shligi va apparatlarda jezllarning mavjudligini tekshirgandan so’ng amalga oshiriladi.
Jezl telefon aloqasi nosoz bo’lib, jezl apparatlarining sozligida, poezdlar harakati elektr jezl tarmog’i bo’yicha, so’zlashuvlar esa poezd dispetcherlik aloqasi orqali amalga oshiriladi.
SSB elektromexanigi jezl apparatlarini ko’rikdan o’tkazayotganda, elektr jezl tarmog’i faoliyatini to’xtatish talab etilmaydi.


129. Poezd dispetcherlik aloqasi buzilganda, stansiya navbatchisi, elektr jezl tarmog’ining nosozligini aniqlab, bu xaqda ko’rik jurnaliga yozuv kiritadi va qo’shni stansiya navbatchisiga quyidagi poezd telefonogrammasini uzatadi:


"Jezl tarmog’i buzuq. Sizlardan oxirgi bo’lib №____ poezd yetib keldi. Sizlarga oxirgi bo’lib №____ poezd jo’natilgan. Menda ___ dona jezl bor. Telefon aloqasiga o’tishingizni so’rayman (imzo)".

Qo’shni stansiya navbatchisi xabar qilingan va o’zidagi ma'lumotlarga ko’ra jezllar miqdorini tekshiradi va ikkala apparatdagi jezllar yig’indisi juft bo’lsa, javob beradi:





Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin