8-shakl.
«__ km dan ortga qaytadigan suruvchili №___ poezdni
jo’natishim mumkinmi?
DSP (imzo)».
9-shakl.
«__ km dan ortiga qaytadigan suruvchili №___ poezdni
kutyapman.
DSP (imzo)».
Poezdni jo’natilganligi to’g’risida xabar 3-shakl bo’yicha "___ km dan ortga qaytuvchi suruvchili" so’zlari qo’shib uzatiladi. Poezd yetib kelganligi to’g’risida xabar 4-shakl, suruvchini qaytgani to’g’risida esa, 10-shakl bo’yicha uzatiladi.
10-shakl.
"№ ______ poezdning suruvchisi ___ soat___ minutda qaytib keldi.
DSP (imzo)".
Qo’shni stansiyagacha harakatlanadigan suruvchi lokomotivli poezd jo’natilganda telefonogrammalar 1, 2, 3 va 4-shakllar bo’yicha "suruvchili" so’zi qo’shib uzatiladi.
154. Stansiyadan to’xtamasdan o’tuvchi poezdlar to’g’risida telefonogrammalar bilan odatdagi tartibda 1 va 2-shakllar bo’yicha almashiniladi, poezdning o’tishi (kelishi va ketishi) to’g’risida qo’shni stansiyalarga xabar esa 11-shakl bo’yicha uzatiladi:
11-shakl.
"№ ____ poezd ___ soat ___ minutda o’tdi. DSP (imzo)".
155. Qarama-qarshi yo’nalishdagi poezdlar stansiyada kesishganda, qarshi yo’nalishda jo’natiladigan poezd mavjud stansiya navbatchisi qo’shni stansiya navbatchisiga u tomondan poezd yetib kelganligi xaqida xabar qiladi va bir vaqtning o’zida, 4 va 1-shakllar yoki 11 va 1-shakllar matnini birlashtirib, qarshi yo’nalishdagi poezdni jo’natish uchun so’rov yuboradi.
156. Tutashuvga xizmat ko’rsatish uchun peregonda yordamchi post tashkil etilganda ushbu post faqat tutashuvga qarab borayotgan va tutashuvdan qaytayotgan poezdlar harakati to’g’risidagi so’zlashuvlarda ishtirok etadi.
157. Yordamchi post xizmat ko’rsatuvchi tutashuvga qo’shni stansiyalarning biridan poezd jo’natilishidan avval poezdni jo’natayotgan stansiya navbatchisi post navbatchisi va oldindagi stansiya navbatchisidan 12-shakl bo’yicha ruxsat so’raydi:
Dostları ilə paylaş: |