(241-bandning 2-xatboshisi “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2003 yil
27 yanvardan 1/6-7-02-son ko’rsatmasiga muvofiq o’zgartirildi). Bunday strelkalar holatini tekshirish tartibi stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida ko’rsatiladi.
242. Poezdni qabul qilish yoki jo’natish uchun marshrut tayyorligi to’g’risida xabar berganlaridan so’ng, marshruti tayyorlangan poezd stansiyaga kelmasdan yoki jo’namasdan turib strelkali post navbatchilari, signalchilar va stansiya navbatchilarining boshqa xodimlarga navbatchilikni topshirishi taqiqlanadi. Poezd kelishi yoki jo’nashidan avval navbatchilar almashtirilgan taqdirda, yangitdan navbatchilikka kirishgan xodim marshrutni navbatchilikni topshirayotgan xodim o’rnatganiga qaramasdan, ushbu operatsiyaning to’g’ri bajarilganligiga shaxsan o’zi ishonch hosil qilishi shart.
243. Odatda yuk poezdlarini yo’lovchi poezd turgan yo’l bilan yo’lovchi binosi oralig’idagi yo’lda to’xtatish taqiqlanadi. Yuk poezdi yo’lovchi binosi va yo’lovchi poezdi oralig’idagi yo’lda to’xtatilgan favqulodda holatlarda yuk poezdi ajratilib, yo’lovchilar uchun o’tish joyi qilinishi kerak (o’tish ko’prigi yoki tonneli mavjud bo’lmasa). Bunda tuzuvchi brigadalari bo’lmagan stansiyalarda DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan ushbu operatsiyalarni amalga oshirish uchun jalb etiladigan xodimlar ro’yxati ko’rsatilgan tartib belgilanadi.
(243-bandning 1-xatboshisi “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2003 yil
27 yanvardan 1/6-7-02-son ko’rsatmasiga muvofiq o’zgartirildi). Yo’lovchi poezd turgan yo’l va yo’lovchi binosi oralig’idan poezdni, manyovr tarkibini yoki lokomotivni o’tkazish zarur bo’lsa, stansiya va vokzal navbatchilari yo’lovchilarning chiqish-tushish xavfsizligini ta'minlaydigan choralarni ko’rishi shart.
Yo’lovchi binosi va yo’lovchi poezdi turgan yo’l oralig’idan poezdlar va manyovr tarkiblarini o’tkazish tartibi stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida ko’zda tutilishi lozim.
244. Qabul qilish-jo’natish yo’llarining elektr izolyatsiyasi bo’lmagan oraliq stansiyalarning navbatchilari yo’lovchi, pochta-bagaj va odam tashuvchi poezdni qabul qilishdan oldin, uni qaysi yo’lga qabul qilinishini poezd dispetcheriga xabar qilishi shart.
245. Stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida ko’zda tutilmagan yo’lda poezdni qabul qilish yoki jo’natish poezd dispetcherining ruxsatiga binoan favqulodda hollarda ruxsat etiladi. Bunday yo’llarga yo’lovchi, pochta-bagaj, yo’lovchi-yuk va odam tashuvchi poezdlarni qabul qilishga ruxsat berishdan oldin poezd dispetcheri o’z harakatlarini YaDM ning yo’nalish bo’yicha navbatchisi bilan muvofiqlashtirishi lozim. Bunday holatlarda stansiya navbatchisida marshrutdagi strelkalar holatini nazorat qilish imkonini beruvchi boshqaruv apparatlari mavjud bo’lmasa, yo’lovchi, pochta-bagaj, yo’lovchi-yuk va odam tashuvchi poezdlarni qabul qilish va jo’natish marshrutlaridagi strelkalarning o’rnatilganligi stansiya boshlig’i yoki uning o’rinbosari, stansiya, post yoki park navbatchisi tomonidan tekshirilishi lozim.
Texnikaviy-boshqaruv aktida belgilanmagan yo’lga yo’lovchi poezdi qabul qilinganligi, shuningdek, yo’lovchi poezdning jadvalda ko’zda tutilmagan stansiyada to’xtatilganligi xaqida stansiya navbatchisi lokomotiv mashinistini radio aloqa orqali xabardor qilishi lozim.
Bir mashinist tomonidan xizmat ko’rsatiladigan yo’lovchi poezdini qabul qilish, jo’natishdan oldin, stansiya navbatchisi, markazlashtirilgan dispetcherlik bilan jihozlangan uchastkalarda esa – poezd dispetcheri, mashinistni marshrut tayyorligi va signallarning ochiqligi yoki poezdning majburiy ushlanib qolinishi zarurati to’g’risida xabarlashi kerak. Mahalliy sharoitlardan va poezdlar harakati hajmlaridan kelib chiqib, stansiya navbatchisi bunday xabarni mashinistga o’z vaqtida etkaza olmaydigan stansiyalar ro’yxati va bunda poezdlar harakati xavfsizligini ta'minlash tartibi DATK boshqaruvi raisi tomonidan belgilanadi.
246. Markazlashtirilgan strelkali stansiyalarda elektr tortishli poezdlarni qabul qilish yoki jo’natishning variantli marshrutlaridan foydalanish zarurati tug’ilsa, stansiya navbatchisi bunday poezdning harakatlanish marshrutida kontakt tarmog’ining mavjud ekanligiga ishonch hosil qilishi shart.