O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha


STRELKALI POSTLARNING NAVBATCHILARI XIZMAT



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə70/100
tarix11.05.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#126707
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   100
ИДП лотинча графикада

STRELKALI POSTLARNING NAVBATCHILARI XIZMAT
KO’RSATMAYDIGAN STANSIYA HUDUDLARIDA MANYOVR ISHLARI


358. Manyovr lokomotivi yuk hududlari, ko’mir omborlari, vagon yoki lokomotiv depolari va boshqa yo’llarga kirish zaruriyati tug’ilsa, stansiya navbatchisi yoki poezd tuzuvchisi vagonlarni qo’yish yoki chiqarish xaqida ushbu hududda ishlarni boshqaruvchisi bilan avvaldan kelishib olishi kerak.
Kelishuv tartibi stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida ko’rsatiladi.


359. Poezd tuzuvchisi strelkalarga strelkali postlar navbatchilari xizmat ko’rsatmaydigan hudud yo’llariga manyovr tarkibining kirishi oldidan yo’l va strelkalar holatini o’ta sinchkovlik bilan tekshirib, harakat uchun to’siqlar yo’qligiga ishonch hosil qilish kerak.
Bunday hududlarda strelkalarni o’tkazish poezd tuzuvchisi yoki stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida ko’rsatilgan boshqa xodim tomonidan amalga oshiriladi.


360. Stansiya navbatchisining ruxsatisiz, stansiya yo’llariga strelkali post navbatchilari tomonidan xizmat ko’rsatilmaydigan hududlardagi manyovr lokomotivlari yoki tarkiblarning chiqishi man qilinadi.
Manyovr lokomotivlarning bunday hududlardan chiqishi stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida belgilanadi.


12-bob. OGOHLANTIRISHLARNI BERISH TARTIBI


361. TFQ ning 263-bandiga muvofiq, poezdlarning yo’nalish bo’yicha lokomotiv brigadalarining alohida hushyorligini ta'minlash va ularni ishlarni amalga oshirish xaqida ogohlantirish kerak bo’lgan taqdirda poezdlarga yozma ogohlantirishlar topshiriladi.
Ogohlantirishlar quyidagi hollarda topshiriladi:
yo’l, kontakt tarmoq qurilmalari, pereezd signalizatsiyasi, sun'iy va boshqa inshootlar nosozligida, shuningdek, yo’lda to’xtash yoki tezlikni kamaytirishni talab qiladigan ta'mir va qurilish ishlarida;
signalizatsiya va aloqa vositalarining yangi turlarini foydalanishga topshirishda, shuningdek, yangi svetoforlarni yoqishda, eskilarini ko’chirishda va bartaraf qilishda, ularni yopiq holatga keltirib bo’lmaydigan nosozliklarda;

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin