"№ ______ poezdni va undan keyin ___ minutdan so’ng № _____ poezdni ketma-ket jo’natishim mumkinmi".
"№ ______ poezdni va undan keyin ___ minutdan so’ng ketma-ket № ______ poezdni kutmoqdaman".
Har bir poezdni jo’natilishi va yetib kelishi to’g’risidagi xabarnomalar ushbu Yo’riqnomaning 152-bandida ko’zda tutilgan 3 va 4 shakllar bo’yicha uzatiladi.
(406-bandning 4-xatboshisi “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2003 yil
27 yanvardan 1/6-7-02-son ko’rsatmasiga muvofiq o’zgartirildi).
407. Telefon aloqa vositalarida birinchi poezdning ortidan peregonda ishlab jo’natish stansiyasiga qaytadigan poezd jo’natiladigan bo’lsa, telefonogrammalar quyidagi shakllar bo’yicha rasmiylashtiriladi:
"№ ___ poezdni va undan keyin ___ minutdan so’ng ___ km gacha borib, orqaga qaytadigan № ____ poezdni jo’natishim mumkinmi".
"№___ poezdni kutmoqdaman va undan keyin ____ minutdan so’ng ____ km gacha borib, orqaga qaytadigan №____ poezdni ketma-ket jo’natishingiz mumkin".
Har bir poezd jo’natilgani to’g’risida xabarnomalar 3-shakl bo’yicha, ortiga qaytadigan poezdga nisbatan: " _____ km gacha borib, orqasiga qaytadigan" so’zlari qo’shilib, xabarnomalar jo’natiladi.
Birinchi poezd yetib kelganligi xaqida ushbu Yo’riqnomaning 153-bandida ko’zda tutilgan 4-shakl bo’yicha, ikkinchi poezd qaytganligi to’g’risida esa, 7-shakl bo’yicha telefonogrammalar uzatiladi.
(407-bandning 5-xatboshisi “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2003 yil
27 yanvardan 1/6-7-02-son ko’rsatmasiga muvofiq o’zgartirildi).
408. Birinchi, ham ikkinchi poezdning mashinistlariga ushbu Yo’riqnomaning 134-bandida ko’zda tutilgan tartibda yo’l xat (qog’oz)lari taqdim etiladi, bunda blankaning tepasida: birinchi poezdnikida - "Ketma-ket -birinchi poezd", ikkinchi poezdnikida - "Ketma-ket - ikkinchi poezd" deb qayd etiladi. Bunday qaydlar mavjud bo’lsa, lokomotivlarning mashinistlari peregon bo’ylab ushbu Yo’riqnomaning 400-bandiga muvofiq chiqariladigan DATK boshqaruvi raisining buyrug’ida belgilangan tezliklar bilan harakatlanadilar.
409. Elektr jezl tizimi bilan jihozlangan peregonlarda poezd dispetcherining buyrug’iga ko’ra poezdlar vaqtni taqsimlab jo’natilganda, stansiya navbatchisi qabul qilish stansiyasining roziligini oladi va apparatdan jezlni chiqarib, uning "Bilet" deb yozilgan qismini birinchi jo’natilayotgan poezd mashinistiga, "Jezl" deb yozilgan ikkinchi qismini esa ketma-ket boradigan poezd mashinistiga berishi shart. 1 - va 2 - poezdlarning jo’natilgani xaqida stansiya navbatchisi qo’shni stansiya navbatchisini xabardor qiladi.
Ikkinchi poezd biron sababga ko’ra jo’natilmay qolsa, jezl tizimining faoliyati to’xtatiladi va poezdlar harakati telefon aloqasi orqali o’rnatiladi. Bunday holatda jezlning bir qismi dastlabki jo’nab ketayotgan poezd bilan qo’shni stansiyaga jo’natiladi, u yerda ikkinchi qismi bilan burab biriktiriladi va jezl apparatiga solinadi. Shundan so’ng jezl tizimi faoliyati tiklanadi.
410. Elektr jezl tizimida poezdlar vaqtni taqsimlab jo’natilganda, ikkinchi poezd peregondan jo’natish stansiyasiga qaytadigan bo’lsa, birinchi poezdga jezl, ikkinchisiga - jezl-kalit taqdim etiladi. Qo’shni stansiya navbatchisi birinchi hamda ikkinchi poezdlarning jo’natilgani, shuningdek, ikkinchi poezd peregondan ortiga qaytishi to’g’risida xabardor qilinadi. Bunday holatda ikkala poezdning mashinistlariga quyidagi ogohlantirishlar beriladi: birinchi poezdga - undan keyin ketma-ket peregondan ortiga qaytadigan ikkinchi poezd jo’natilishi to’g’risida, ikkinchi poezdga - vaqtni taqsimlab jo’natilgani va peregondan qaytish vaqti to’g’risida.
Dostları ilə paylaş: |