56. Poezdni stansiyaga qabul qilishdan oldin dispetcher, nazorat asboblarining ko’rsatmalari bo’yicha qabul qilish yo’li va strelkali uchastkalarning bo’sh ekanligiga ishonch hosil qilib, qabul qilish marshrutini belgilaydi.
Avvaldan marshrutlarni belgilash imkonini beruvchi markazlashtirilgan dispetcherlik bilan jihozlangan uchastkalarda marshrut yo’l va strelkali uchastkalarning bandligida ham (yo’l va strelkalar maxsus o’zi yurar harakat tarkiblari bilan band etilgan hollar mustasno) qabul qilish marshruti belgilanishi mumkin.
Xaqiqatda strelkalarning o’tkazilganligi va kirish svetoforining ochilgani tegishli nazorat asboblarining ko’rsatmalari bo’yicha tekshiriladi.
57. Poezdni jo’natishdan oldin poezd dispetcheri markaziy apparatidagi nazorat asboblarining ko’rsatmalari bo’yicha strelkali uchastkalar, yo’nalish o’zgarganda esa, peregonning ham bo’sh ekanligiga ishonch hosil qilib, jo’natish marshrutini belgilaydi.
Avvaldan yo’nalishlarni belgilash imkoniyatini beruvchi markazlashtirilgan dispetcherlik qurilmalari bilan jihozlangan uchastkalarda jo’natish marshrutlari strelkali uchastkalarning bandligida ham (maxsus o’zi yurar harakat tarkiblari bilan band etilgan hollar mustasno) jo’natish marshruti belgilanishi mumkin.
Xaqiqatdan strelkalarning o’tkazilganligi va chiqish svetoforining ochilganligi tegishli nazorat asboblarining ko’rsatmalari bo’yicha tekshiriladi.
58. Agar kirish yoki chiqish svetofori ochilganidan so’ng marshrutni o’zgartirish zururati tug’ilsa, dispetcher tegishli svetoforni yopib va bu xaqda mashinistga xabar berib, poezd chiqish svetofori oldida yoki jo’natish yo’lida to’xtatilganiga ishonch hosil qilgandan so’ng, yangi marshrutni tayyorlashga kirishishi va svetoforni ikkinchi bora ochishi mumkin.
59. Peregonga xo’jalik poezdlarini ish bilan jo’natish va stansiyaga kelishi, shuningdek, peregonning boshidan oxirigacha boradigan suruvchi lokomotivli poezdlarni jo’natish avtoblokirovka signallari bo’yicha odatdagi tartibda amalga oshiriladi.
60. Orqaga qaytadigan xo’jalik poezdini yoki jo’natish stansiyasiga qaytadigan suruvchi lokomotivli poezdni peregonga jo’natish avtoblokirovka signallari bo’yicha, ishlar rahbari (bosh konduktorga) yoki suruvchi lokomotivning mashinistiga peregon bo’ylab orqaga qaytish xuquqini beradigan jezl-kalitni taqdim etish bilan amalga oshiriladi.
Ishlar rahbari yoki suruvchi lokomotivning mashinistiga jezl-kalitni taqdim etish uchun dispetcher stansiya boshlig’ini yoki ushbu alohida punktda stansiyaning rezerv boshqaruvga topshirganda poezdlarni qabul qilish va jo’natish vazifasi yuklatilgan boshqa xodimni chaqiradi. Jezl-kalit nosozligida yoki xo’jalik poezdini yoki jo’natilgan stansiyasiga qaytadigan suruvchi lokomotivli poezdni jo’natish uchun jezl-kalitlar bilan jihozlanmagan stansiya apparatlari mavjud istisno holatlarda avtoblokirovkadan foydalanish to’xtatilib, poezdlar harakati telefon aloqa vositalari amal qilishi o’rnatilishi lozim.
Bunday holatlarda telefon aloqa vositalariga o’tishdan avval xo’jalik poezdi jo’natilayotgan peregonni chegaralovchi stansiya rezerv boshqaruviga topshiriladi.
61. Tiklash yoki shu kabi ishlar bajarilishi lozim bo’lgan peregonni chegaralovchi stansiyalardan tiklash, o’t o’chirish va yordamchi lokomotivlarni jo’natish ushbu stansiyalarda stansiya boshliqlari yoki poezdlarni qabul qilish va jo’natish va peregonni yopish vazifalari yuklatilgan boshqa xodimlar navbatchilikka kirishganlaridan so’ng va peregon yopilgandan so’ng amalga oshiriladi. Bunday holatlarda mashinistlarga diagonali bo’yicha qizil tasma tortilgan oq rangli blankada ruxsatnomalar beriladi. Yordamchi lokomotiv tegishli xodimlar navbatchilikka kirishishlaridan ilgari lokomotiv mashinistiga bevosita uzatiladigan dispetcherning qayd etiluvchi buyrug’i bilan peregonga jo’natilishi mumkin:
"№_____ poezd mashinistiga______stansiyasining____yo’lidan _____ peregonga _____ yo’l bo’ylab ____ km ga qadar №____ poezdga yordam ko’rsatish uchun _____ stansiyaga kelish (qaytish) bilan jo’nashga ruxsat beraman. DNS _______".