O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə15/100
tarix11.05.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#126707
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   100
ИДП лотинча графикада

MANYOVRLARNI AMALGA OSHIRISH


62. Manyovrlar paytida strelkalar quyidagi xodimlar tomonidan o’tkazilishi mumkin:
a) markaziy pultdan turib tegishli xodimlarga radio aloqa yoki stansiyalar bo’g’izlarida o’rnatiladigan telefonlar bo’yicha dispetcherlik aloqasi orqali marshrutni manyovr harakatlariga tayyor ekanligi to’g’risida ko’rsatmalar berish yo’li bilan poezd dispetcheri tomonidan;
b) stansiya boshlig’i yoki stansiya rezerv boshqaruvga topshirilgan paytda poezdlarni qabul qilish va jo’natish vazifalarini bajarish yuklatilgan boshqa xodim tomonidan;
v) stansiyaning alohida strelkalari mahalliy boshqaruvga topshirilganda, DATK boshqaruvi raisi tomonidan tasdiqlanadigan poezdlar harakati va manyovr ishlarini dispetcherlik markazlashuvida tashkil qilish bo’yicha mahalliy Yo’riqnomaga muvofiq poezd tuzuvchisi yoki stansiyaning boshqa xodimi tomonidan.
Stansiya yo’llarida yakka lokomotiv va o’zi yurar harakat tarkibi harakatlanganda, mahalliy boshqaruvga topshirilgan strelkalar lokomotiv brigadasi xodimlaridan biri (haydovchi) tomonidan o’tkazilishi mumkin.
Strelkalarni o’tkazayotgan xodim har safar, strelkalar o’tkazilgandan so’ng, mahalliy boshqaruv pultidagi nazorat asboblari yoki ostryaklarning holati bo’yicha ostryaklarning to’g’ri o’rnatilganiga ishonch hosil qilishi lozim.


63. Ajratilgan strelkali uchastka bo’shaguncha, strelkaning izolyatsiyasi bog’liqlikka qo’shilmagan joylarda esa, strelka harakat tarkibidan bo’shaguncha mahalliy boshqaruv pultidan turib mahalliy boshqaruv kaliti bilan strelkani o’tkazish taqiqlanadi.


64. Manyovrlar yakunlangandan so’ng strelka va manyovr dastaklari, shuningdek, mahalliy boshqaruv kaliti normal holatga keltiriladi, manyovrlar rahbari ish tugagani xaqida poezd dispetcheriga axborot beradi, o’z navbatida poezd dispetcheri tegishli knopkalarni normal holatga keltiradi.


65. Mahalliy boshqaruv pultlari doimo yopiq bo’lishi shart. Foydalanish yoki ko’rik uchun mahalliy boshqaruv pultiga kirish ruxsat etilgan xodimlarning ro’yxati, shuningdek, pultlarni kalitini berish va saqlash tartibi DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan belgilanadi.
(65-band “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2003 yil 27 yanvardan 1/6-7-02-son ko’rsatmasiga muvofiq o’zgartirildi).



Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin