O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha


YO’L POSTLARI (BLOK-POSTLARI)GA EGA



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə19/100
tarix11.05.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#126707
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   100
ИДП лотинча графикада

YO’L POSTLARI (BLOK-POSTLARI)GA EGA
PEREGONLARDA POEZDLAR HARAKATI


90. Qo’shni alohida punktdan poezd jo’natilganligi xaqida blokirovka signalini qabul qilib, post navbatchisi oldindagi peregonning bo’shligida o’tish svetoforini ochadi. O’tish svetofori ochilishi bilan bir paytda qo’shni alohida punktga avtomatik ravishda boshqaruv blokirovka signali uzatiladi (elektromexanik blokirovkada o’tish svetofori yopilgandan so’ng blokirovka signali alohida uzatiladi).
Poezd o’tish svetoforini bosib o’tgandan so’ng, signal knopka (dastak) post navbatchisi tomonidan signal yopiq holatiga o’rnatiladi. Poezd to’liq tarkibda o’tganiga ishonch hosil qilgandan so’ng, post navbatchisi qo’shni stansiyalarga poezdning xaqiqatda o’tgan vaqti to’g’risida xabar qiladi, orqada qolgan alohida punktga esa, bundan tashqari, o’tish blokirovka signalini uzatadi (elektromexanik blokirovkada o’tish blokirovka signali bir paytning o’zida oldindagi alohida punktga ham uzatiladi).


91. Agar poezd suruvchi lokomotiv bilan harakatlangan bo’lsa, post navbatchisi suruvchi lokomotiv o’tganiga ishonch hosil qilgandan keyingina orqada qolgan alohida punktga o’tish blokirovka signalini uzatadi.
Poezd suruvchi lokomotivsiz o’tib ketsa, post navbatchisi bu to’g’rida darhol qo’shni alohida punktlarga xabar qiladi, ammo blokirovka signalini uzatmaydi (elektromexanik blokirovkada o’tish svetoforini ham yopmaydi).
Oldindagi post navbatchilari ham shu kabi tartibda harakat qiladilar. Elektromexanik blokirovkada oldindagi post navbatchilari poezdni bo’sh peregonga yopiq o’tish svetoforida, mashinistga I punkti to’ldirilgan yashil blankdagi ruxsatnoma (DU-52 shaklidagi blank) berib o’tkazadilar.
Har bir blok-post navbatchisi faqat qolib ketgan suruvchi lokomotiv blok-postdan o’tgandan so’ng, yopish blokirovka signalini uzatadi.
Oldinda ketayotgan poezd o’tish svetoforini avtomatik tarzda yopib ketsa, suruvchi lokomotiv qo’shni blok-uchastkaga o’tish svetoforining taqiq ko’rsatmasida kiradi.


92. Avtomatik blok-postlar; tutashuv punktlariga xizmat ko’rsatuvchi blok-postlar; yo’l rivojlanishiga ega (sutkada to’liq ishlamaganida) alohida punktlari o’rniga davriy ochiladigan blok-postlar bilan jihozlangan peregonlarda poezdlar harakati tashkil etilishi qurilmalar tizimiga bog’liq ravishda DATK boshqaruvi raisi tomonidan belgilanadi.



Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin