O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha


"№ _______ poezd jezli bo’yicha jo’natish kelihilgan. DSP ___"



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə23/100
tarix11.05.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#126707
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   100
ИДП лотинча графикада

"№ _______ poezd jezli bo’yicha jo’natish kelihilgan. DSP ___".


113. Poezd chiqish svetofori mavjud yo’ldan elektr jezl tizimi bilan jihozlangan peregonga jo’natilayotganda, jezl mavjudligida bu svetoforning taqiq ko’rsatmasidan o’tish unda oydin-oq chiroq yonayotganda qizil chirog’ining o’chiq holatida ruxsat beriladi.
Oydin-oq chiroqni yoqishning iloji bo’lmasa, poezd jezl bo’yicha jo’natiladi. Bu holda stansiya navbatchisi mashinistga (shaxsan, strelkali post navbatchisi yoki signalchi orqali, radio aloqa bo’yicha) oydin-oq chiroqni yoqishni iloji yo’qligi va jo’natish marshruti tayyorligi xaqida xabar qilishi lozim.
Poezd chiqish svetofori mavjud yo’ldan jo’natilayotganda jezl bir paytning o’zida chiqish svetoforining taqiq ko’rsatmasini o’tish xuquqini beradi.


114. Agar jo’natish uchun jezl chiqarilganidan so’ng poezd biron sabab oqibatida jo’natilmasa, stansiya navbatchisi jezlni apparatga solishi, bu xaqda qo’shni stansiya navbatchisiga xabar qilishi va poezdlar harakati jurnalida bu to’g’rida quyidagi yozuvni kiritishi lozim:


"№ _____ poezd ushlanib qoldi".


115. Peregondan jo’natilgan stansiyaga qaytadigan poezd jo’natilayotganda lokomotiv mashinistiga jezl odatdagi tartibda beriladi. Qo’shni stansiya navbatchisiga poezd jo’natilganligi xaqida ham, peregondan qaytgani xaqida ham xabar qilinadi.


116. Peregonning boshidan oxirigacha boradigan suruvchi lokomotivli poezd jo’natilganda yetakchi lokomotivning mashinistiga jezlning "Bilet" yozuvli, suruvchi mashinistiga esa "Jezl" yozuvli qismi taqdim etiladi.
Jo’natish stansiyasi navbatchisi yo’lni so’roqlaganda qo’shni stansiyaning navbatchisini u tomonga suruvchi lokomotivli poezd ketayotgani xaqida ogohlantiradi.
Suruvchi lokomotiv butun peregon bo’ylab poezd tarkibiga ulangan holda harakatlansa, jezl faqat etakchi lokomotiv mashinistiga taqdim etiladi.


117. Agar jezl apparatlari burab ochiladigan jezllar bilan jihozlanmagan bo’lsa, tarkibga ulanmasdan butun peregon bo’ylab harakatlanuvchi suruvchi lokomotivli poezdni jo’natish zarurati tug’ilsa, jezl tizimining amal qilishi to’xtatiladi va poezdlar harakati telefon aloqasi orqali amalga oshiriladi.


118. Peregondan jo’natilgan stansiyaga qaytadigan poezdlar jo’natilayotganda yetakchi lokomotiv mashinistiga jezl, suruvchi lokomotiv mashinistiga - jezl-kalit beriladi.
Jezl-kalitlar shuningdek peregonlarda tutashuvchi shahobcha yo’llariga vagonlarni berish (olish)ni tashkil qilishda hamda jo’natilgan poezd orqasidan DATK tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi boshlig’i tomonidan belgilanadigan harakat xavfsizligi talablariga rioya qilib, keyinchalik jo’natilish stansiyaga qaytib keladigan xo’jalik poezdlarini jo’natishda foydalaniladi.


119. Poezd peregondan jo’nagan stansiyasiga suruvchi lokomotiv bilan qaytayotganda, jezl apparatlari jezl-kalitlar bilan jihozlanmagan bo’lsa, jezl tarmog’i faoliyati to’xtatilib, poezd harakati telefon aloqasi orqali amalga oshiriladi.



Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin