"Sizlardan oxirga bo’lib № ____ poezd yetib keldi. Sizlardan oxirgi bo’lib №____ poezd jo’natilgan. Menda _____ dona jezl bor. Peregon bo’sh. Telefon aloqasiga o’taman (imzo)".
130. Elektr-jezl tarmog’i tuzatilgandan so’ng va bu xaqda elektromexanik ko’rik jurnaliga yozuv kiritgandan so’ng, ammo poezd dispetcherlik aloqasi tuzatilmaganda, stansiya navbatchisi qo’shni stansiyaga quyidagi poezd telefonogrammasini uzatadi:
"Elektr-jezl tarmog’i faoliyati soat _____ minutda tiklandi. Sizlardan oxirgi bo’lib №____ poezd yetib keldi. Sizlarga oxirgi bo’lib №____ poezd jo’natildi. Jezllar bo’yicha harakatlanishga o’tishingizni so’rayman (imzo)".
Qo’shni stansiya navbatchisi, peregonning bo’shligiga ishonch hosil qillib, javob beradi:
"Sizlardan oxirgi bo’lib №_____ poezd yetib keldi. Sizlarga oxirgi bo’lib №______ poezd jo’natildi. Peregon ochiq. Jezllar bo’yicha harakatlanishga o’taman (imzo)".
131. Jezl yo’qolganda, shuningdek, yetib kelgan yoki o’tib ketgan poezddan olinmay qolganda, stansiya navbatchisi ko’rik jurnaliga yozuv kiritadi va poezd dispetcheriga axborot beradi. Peregonning bo’shligi va stansiya apparatlarida uni cheklaydigan jezllar xaqiqatdan ham borligini tekshirib, poezd dispetcheri telefon aloqaga o’tishga buyruq beradi.
Elektr jezl tarmog’i faoliyatini tiklash uchun stansiya navbatchisi SSB elektromexanigidan apparatdan yana bitta jezlni olishni talab qiladi. Apparatdan olingan jezl elektromexanikda saqlanishi kerak.
Jezlning olinganligi xaqida elektromexanik va stansiya navbatchisi ko’rik jurnaliga yozuv kiritishlari shart. Bu xaqda poezd dispetcheriga axborot berilgandan so’ng, elektr jezl tizim tiklanadi.
Yo’qolgan jezl topilganda, stansiya navbatchisi elektromexanikka xabar beradi, jezlni esa, to elektromexanik ilgari olingan jezl bilan birga jezl aptaratiga joylashtirgunicha o’zida saqlab turadi va bu xaqda ko’rik jurnaliga yozuv kiritiladi.
132. Biron stansiyadagi apparatda jezllar soni peregondagi ikkala apparatdagi jezllarning umumiy miqdorining to’rtdan biridan kamaysa, ushbu stansiya navbatchisi jezllar sonini regulirovka qilish zarurligi to’g’risida elektromexanikka xabar beradi.
Elektromexanik peregonni chegaralovchi stansiya navbatchisiga uchrab, uning huzurida jezl apparatini ochishi va juft sondagi miqdorda jezllardan olishi, bu xaqda stansiya navbatchisi bilan birgalikda ko’rik jurnaliga olingan jezllar sonini ko’rsatib yozuv kiritishi shart.
Olingan jezllarni elektromexanik jezllar miqdorini regulirovka qilish zarurati to’g’risida xabar qilgan stansiya navbatchisiga yetkazadi. Jezllar stansiya navbatchisi huzurida jezl apparatiga solinishi lozim, bu xaqda elektromexanik ko’rik jurnaliga apparatga solingan jezllar miqdorini ko’rsatib, yozuv kiritadi.
SSB elektromexanigining jezllarni regulirovka qilish xaqidagi yozuvlari stansiya navbatchilarining imzolari bilan tasdiqlanishi shart.
133. Yo’l blokirovkasi bilan jihozlangan ayrim bir yo’llik peregonlarda ulardan foydalanish to’xtatilgan davrda, poezdlar harakatini elektr jezl aloqasi bo’yicha o’rnatishga ruxsat etiladi.
DATK boshqaruvi raisining ko’rsatmasiga binoan bunday peregonlar rezerv sifatida elektr jezl aloqasi bilan jihozlanadi. Asosiy aloqa vositalaridan rezerv aloqaga va qaytadan asosiy aloqaga o’tish belgilangan tartibda - poezd dispetcherining buyrug’iga binoan amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |