O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə27/100
tarix11.05.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#126707
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   100
ИДП лотинча графикада

5-bob. TELEFON ALOQA VOSITALARIDA
POEZDLARNING HARAKATI


134. Telefon aloqa vositalarida poezd peregonni egallash uchun lokomotiv mashinistiga taqdim etiladigan yo’l xati (qog’ozi) (DU-50 shaklidagi blank 87-betda keltirilgan) pyxcatnoma bo’lib xizmat qiladi.
Yo’l xati (qog’ozi)ni berishdan oldin stansiya navbatchisi quyidagi xabarlarni qabul qilishi shart: bir yo’llik peregonlarda poezdni qabul qilishga roziligi xususida qo’shni stansiya navbatchisining poezd telefonogrammasini, ikki yo’llik peregonlarda esa, ushbu stansiyaga avval jo’natilgan poezdning yetib kelganligi to’g’risida poezd telefonogrammasini.


135. Qo’shni stansiyalar o’rtasida poezd telefonogramalari bilan shaxsan stansiya navbatchilari yoki ularning ko’rsatmasi bo’yicha operatorlar almashadilar.


136. Poezdlar harakati xaqidagi barcha so’zlashuvlar stansiyalararo poezd telefon aloqasi yoki poezd dispetcherlik aloqasi orqali olib borilishi lozim.
Stansiyalararo poezd aloqasi va poezd dispetcher aloqasi nosoz bo’lgan favqulodda holatlarda poezdlar harakati to’g’risida so’zlashuvlar stansiya navbatchisining ixtiyorida bo’lgan boshqa aloqa vositalari bo’yicha ham olib borilishi mumkin.


137. Yo’l xat (qog’oz)lari blankalari stansiya navbatchisi yoki operator tomonidan shaxsan to’ldiriladi.
Stansiya navbatchisi yoki operator yo’l xat (qog’oz)i blankalarini faqat poezd telefonogrammalari jurnalida tegishli yozuvlar: bir yo’llik peregonlarda - qo’shni stansiyadan poezdni qabul qilishga roziligi xaqida poezd telefonogrammasi, ikki yo’lli peregonlarda - qo’shni stansiyaga avval jo’natilgan poezdning yetib borganligi to’g’risida poezd telefonogrammasi mavjud bo’lsagina to’ldirish xuquqiga egadirlar.
Operator tomonidan to’ldirilgan yo’l xati (qog’ozi) blankasini stansiya navbatchisi poezd telefonogrammalari jurnalidagi yozuvlar bo’yicha tekshirishi hamda stansiya shtempeli va o’z imzosi bilan tasdiqlashi lozim.
Jo’natish yo’llari stansiya navbatchisi postidan yiroqlashgan, xizmat so’zlashuvlari qayd etgichlarda qayd etiladigan stansiyalar uchun bu xuquq park navbatchisiga, stansiya texnikaviy-boshqaruv aktida ko’zda tutilgan, stansiya navbatchisi va park navbatchisi oldida maxsus jurnallarda ro’yxatga olinuvchi buyruq asosida taqdim etilishi mumkin. Bu holda yo’l xati (qog’ozi)ni park navbatchisi imzolaydi va mashinistga taqdim etadi.


138. Quyidagilar taqiqlanadi:
a) peregonni boshqa poezd band etib turgan paytda poezdni jo’natish to’g’risida so’rov yuborish;
b) qo’shni stansiyadan poezdni qabul qilishga roziligi to’g’risida (bir yo’llik peregonlarda) yoki avval jo’natilgan poezd yetib borganligi to’g’risida (ikki yo’llik peregonlarda) poezd telefonogrammalarini qabul qilmasdan turib, yo’l xati (qog’ozi) blankalarini to’ldirish;
v) chiqish telefonogrammalarini poezd telefonogrammalari jurnaliga yozishdan ilgari va stansiya navbatchisining imzoisiz uzatish.


139. Yo’l xati (qog’ozi) mashinistga qo’shni stansiyaning kirish signaligacha, poezd noto’g’ri yo’ldan jo’natilganda va kirish signali mavjud bo’lmaganda - "Stansiyaning chegarasi" signal belgisigacha harakatlanish xuquqini beradi.
Poezdlarning to’xtovsiz harakatida yo’l xat (qog’oz)lari lokomotivga qo’lda uzatkichga solinib va odatda, stansiya navbatchisi xonasi tomonidan uzatilishi mumkin.


140. Poezd chiqish signali mavjud yo’ldan jo’natilganda, yo’l xati (qog’ozi) bo’lgan taqdirda, yopiq signalni o’tishga yozma ruxsatnoma berish talab qilinmaydi. Bunday holatda poezdlar ushbu Yo’riqnomaning 259-bandida belgilangan tartibda jo’natiladi.


141. Poezd ikki lokomotiv yoki peregonning boshdan oxirigacha suruvchi lokomotiv bilan harakatlanganda, yo’l xati (qog’ozi) yetakchi lokomotiv mashinistiga taqdim etiladi.
Poezd peregonning bir qismida suruvchi lokomotiv bilan harakatlanganda, yo’l xati (qog’ozi) suruvchi lokomotiv mashinistiga ham taqdim etiladi.



Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin