O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha


IKKI YO’LLIK UCHASTKALARDAGI POEZDLAR



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə33/100
tarix11.05.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#126707
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   100
ИДП лотинча графикада

IKKI YO’LLIK UCHASTKALARDAGI POEZDLAR
HARAKATIDA TELEFONOGRAMMALAR SHAKLI


160. Ikki yo’llik peregonlarda poezdlar qabul qilinganda va jo’natilganda telefonogrammalar 3 va 4-shakllarda jo’natiladi, bunda qabul qilish stansiyasidan 4-shakl bo’yicha olingan xabar shu yo’nalishda keyingi poezdni jo’natishga xuquq beradi. Poezdlar suruvchi lokomotivlar bilan harakatlanganda 3 va 4-shakllarga bunday holatlar uchun ushbu Yo’riqnomaning 153-bandida ko’rsatilgan matn qo’shiladi.


161. Poezd xabar uzatish stansiyasidan to’xtamasdan o’tganda, uning kelishi va jo’nashi to’g’risida qo’shni stansiyalarga 11-shakl bo’yicha xabar yuboriladi.


162. Ikki yo’llik peregondagi yo’l postlari mavjud bo’lsa, jo’natish stansiyasining navbatchisi poezd jo’natilganligi xaqida post navbatchisini 3-shakl bo’yicha ogohlantiradi.
Post navbatchisi postlararo keyingi peregon poezdlardan bo’sh bo’lsa, kirish signalini ochib, mashinistga yo’l xati (qog’ozi)ni harakat vaqtida taqdim etgan holda poezdni to’xtatmasdan o’tkazib yuboradi.
Poezd o’tgandan so’ng post navbatchisi kirish signalini yopadi va ikkala qo’shni stansiya navbatchilari poezd o’tgani to’g’risida 11-shakl bo’yicha xabar yetkazadi.
Oldindagi postlararo peregon band bo’lganda, kelayotgan poezd yopiq kirish svetofori oldida peregon bo’shaguncha to’xtatiladi. Ushbu poezd jo’natilganligi to’g’risidagi telefonogramma orqadagi stansiyaga, u postdan jo’natilgandan so’nggina uzatiladi.
Poezd kelganligi to’g’risida kelish stansiyasining navbatchisi post navbatchisiga 4-shakl bo’yicha xabar beradi.
Yo’l postidagi kirish signalining nosozligida oldindagi peregon bo’sh bo’lganda, post navbatchisi poezdni bevosita kirish signali oldida kutib oladi va harakatni davom ettirish xuquqini beruvchi yo’l xati (qog’ozi)ni mashinistga taqdim etadi. Yo’l xati (qog’ozi)ning tepasida "Kirish signali nosoz" degan belgi qo’yiladi.


163. Poezd ortiga qaytadigan bo’lib to’g’ri yo’ldan jo’natilganda jo’natish stansiyasining navbatchisi qo’shni stansiya (yo’l posti) ga "___ km dan ortiga qaytadigan bo’lib" so’zlari qo’shilgan 3-shakldagi telefonogramma bilan xabar yetkazadi, poezdning qaytishi to’g’risida esa qo’shni stansiya (yo’l posti)ga 7-shakl bo’yicha xabar qilinadi.
Jo’natilayotgan poezd mashinistiga matni "____ km dan ortiga qaytadigan bo’lib" so’zlari bilan to’ldirilgan yo’l xati (qog’ozi) taqdim etiladi.
Jo’natilgan stansiyaga qaytayotgan poezdlar peregonda yo’l postlari mavjud bo’lsa ularni to’xtamasdan bosib o’tadilar. Qaytayotgan poezd o’tgani to’g’risida ham post navbatchisi oldindagi post yoki stansiyaga 7-shakl bo’yicha xabar beradi.


164. Stansiyalararo peregoning alohida punkti bo’lgan postda tutashuv mavjud bo’lsa, poezdlar to’g’ri yo’l bo’ylab stansiyadan tutashuvga va tutashuvdan stansiyaga odatdagi tartibda jo’natiladi. Poezd jo’natilganligi to’g’risida stansiya yoki post navbatchisi 3-shakl bo’yicha, kelganligi to’g’risida 4-shakl bo’yicha telefonogramma uzatadi.
Tutashuvga yordamchi post xizmat ko’rsatsa, u faqat tutashuvga borayotgan yoki tutashuvdan qaytayotgan poezdlar harakati to’g’risidagi so’zlashuvlarda ishtirok etadi. Poezd tutashuvga jo’natilgani to’g’risida qo’shni stansiya va postga 3-shakl bo’yicha "___ km dagi postga" so’zlarini qo’shib xabar qilinadi.
Tutashuv strelkasi normal holatga o’tkazilgandan so’ng poezd kelganligi to’g’risida post navbatchisi ikkala stansiya navbatchilariga 4-shakl bo’yicha xabar yetkazadi. Yordamchi post xizmat ko’rsatadigan tutashuvdan qo’shni stansiyalardan biriga poezd ushbu Yo’riqnomaning 158-bandida ko’zda tutilgan tartibda jo’natiladi.


165. Poezd regulirovka tartibida (poezd dispetcherining buyrug’i olingandan so’ng) noto’g’ri yo’ldan jo’natilganda stansiyalar o’rtasida quyidagi shakldagi telefonogrammalar bilan almashinadi:



Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin