A shakli. "Sizga ___ soat ____ minutda № _____ poezdni jo’natdim. Yetib borganidan so’ng Siz tomondan poezdni kutaman. DSP_____".
B shakli. "Sizga ___ soat ___ minutda № _____ poezdni jo’natdim, shundan so’ng ___ soat ___ minutda yana № ______ poezdni jo’nataman. DSP _____".
174. Signalizatsiya va aloqaning barcha turlari ishlamay qolgan paytda o’rtasida aloqa uzilgan stansiyalar chegaralab turgan peregonga jo’natish uchun stansiyada toq yo’nalishdagi poezdlar bo’lmasa, u holda birinchi poezdni jo’natish xuquqiga ega bo’lgan stansiya navbatchisi, qo’shni stansiyada peregonga jo’natish uchun poezd borligini bilsa, u stansiyaga V shaklda to’ldirilgan xabarnoma yuboradi:
V shakl. "Siz tomondan poezd kutyapman. DSP ____".
Ikki tomonlama avtoblokirovka bilan jihozlanmagan peregonlarda V shakldagi yozma xabarnomalarni yuborish uchun olinmaydigan turdagi drezinalar, yakka lokomotivlardan, shuningdek, boshqa transport vositalaridan foydalanishga ruxsat etiladi.
175. Stansiya navbatchisi A, B yoki V shakldagi xabarnomani olganidan so’ng yozma xabarnomalar bo’yicha poezdlar harakati o’rnatilgan xisoblanadi.
176. Bir yo’nalishda jo’naydigan poezdlar ilgari jo’natilgan poezd stansiyalararo peregonni bosib o’tishi uchun zarur vaqtga 3 minut qo’shilgan vaqt oralig’idan so’ng jo’natilishi lozim.
Aloqa uzilguniga qadar alohida punktlar sifatida ish yuritgan yo’l postlari poezdlar harakatida ishtirok etmaydilar.
Barcha turdagi signalizatsiya va aloqa vositalari ishlamay qolgan paytgacha stansiyadan ustun yo’nalish bo’ylab peregondagi tutash yo’lga poezd jo’natilgan bo’lib, yordamchi post navbatchisidan poezdning yetib kelganligi va tutash yo’lga o’tkazilgani to’g’risida xabar olinmagan bo’lsa, peregon poezd yordamchi postga yetib borishi va tutash yo’lga o’tkazilishi uchun zarur vaqtga 3 minut qo’shilgan vaqtgacha band hisoblanadi.
Yordamchi post navbatchisi poezd tutash yo’lga o’tkazilganidan so’ng, tutashuv strelkasini normal holatga (asosiy yo’l bo’ylab) o’tkazishi va qo’shni stansiyalar navbatchilari bilan aloqa tiklangunga qadar asosiy yo’lga harakat tarkibi chiqishiga yo’l qo’ymasligi kerak.
177. Barcha turdagi signalizatsiya va aloqa vositalari ishlamagan davr mobaynida poezdlar diagonali bo’ylab ikki qizil tasmali oq blankadagi ruxsatnoma bo’yicha jo’natiladilar.
O’zaro aloqa uzilmasligi uchun stansiyalar navbatchilari toki qurilmalarning normal ish holati tiklangunga qadar, ikkala yo’nalish bo’ylab har bir poezdning yetakchi lokomotivi mashinisti orqali poezdlarning keyingi harakati to’g’risidagi A yoki B shakldagi yozma xabarnomalar yuborishlari shart.
A, B yoki V shakldagi xabarnomalar har ikkala stansiyada poezd telefonogrammalari jurnaliga yoziladi.
Poezdlar harakatini yozma xabarnomalar vositasida amalga oshirishga o’tkazishda poezd telefonogrammalari jurnaliga quyidagi yozuv kiritiladi:
"Sana _____, ___ soat ___ minut. Barcha turdagi signalizatsiya va aloqa vositalari ishlamayotgani sababli ____________ peregonida poezdlar harakatini yozma xabarnomalar vositasida amalga oshirish o’rnatildi.
Dostları ilə paylaş: |