O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha


"Peregonda ajrab qolgan vagonlarning turgan joyi ma'lum emas"



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə42/100
tarix11.05.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#126707
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   100
ИДП лотинча графикада

"Peregonda ajrab qolgan vagonlarning turgan joyi ma'lum emas".

Bunday ogohlantirish olgan yordam ko’rsatuvchi lokomotiv mashinisti peregonda o’ta ehtiyotkorlik bilan va to’siq uchrasa darhol to’xtashga tayyor holda harakatlanishi kerak.




POEZDNI PEREGONDAN JO’NATILGAN STANSIYAGA QAYTISHI


201. Peregonda to’xtab qolgan poezdning oldinga qarab harakatlanish imkoniyati bo’lmasa va uni jo’natilgan stansiyaga qaytishi zarur bo’lsa, mashinist shaxsan, bosh konduktor yoki lokomotiv brigadasi xodimi orqali bu to’g’rida (yozma, telefon yoki radio aloqa orqali) stansiya navbatchisi yoki poezd dispetcheriga xabar qilishi lozim.
Bunday xabarni olgandan so’ng poezd dispetcheri peregonni (peregonning tegishli yo’lini) yopadi va poezdni jo’natilgan stansiyaga qaytish tartibini belgilaydi.


202. Odatda, poezd peregondan yordamchi lokomotiv bilan qaytishi kerak.
Favqulodda holatlarda to’xtab qolgan poezd (yo’lovchi poezdidan tashqari) stansiyaning kirish signaligacha yoki "Stansiya chegarasi" signal belgisigacha tisarilishi mumkin. Bunday tisarilish poezd dispetcherining buyrug’i bilan peregon (yoki yo’l) barcha poezdlar harakati uchun yopilib, to’xtab qolgan poezd mashinistiga stansiya navbatchisining quyidagi shakldagi qayd etiluvchi buyrug’i uzatilgandan so’ng amalga oshiriladi:


"______ peregon (peregonning yo’li) barcha poezdlar harakati uchun yopiq. №_____ poezdni kirish signaligacha (yoki "Stansiya chegarasi" signal belgisigacha) tisarishga ruxsat etiladi. DSP _______________ (stansiyaning nomi va imzo)".

Radio aloqa yoki telefon aloqasi bo’lmagan hollarda poezd, peregon poezd dispetcherining buyrug’iga ko’ra yopilgandan so’ng, to’xtab qolgan poezd mashinistiga diagonali bo’ylab qizil tasmali oq rangli blankadagi ruxsatnoma (tashuvchi orqali) taqdim etilgandan so’ng to’xtatiladi.


Avtoblokirovka bilan jihozlangan peregonlarda poezdni to’xtatish mumkinligi xaqidagi buyruq yoki diagonali bo’ylab qizil tasmali oq blankadagi ruxsatnoma to’xtab qolgan poezdning mashinistiga, yo’lning to’xtab qolgan poezd bilan kirish signaligacha (yoki "Stansiya chegarasi" signal belgisigacha) bo’lgan uchastkasi boshqa poezdlardan bo’sh bo’lsagina uzatilishi mumkin.
Avtoblokirovka bilan jihozlangan peregonda jo’nab ketgan poezd birinchi blok-uchastkani bo’shatmasdan to’xtab qolgan bo’lsa, poezd stansiya navbatchisining quyidagi ruxsatnomasiga binoan kirish signaligacha yoki "Stansiya chegarasi" signal belgisigacha peregonni yopmasdan tisarilishi mumkin:



Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin