O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha


"№______ poezd mashinistiga poezdni kirish signali ("Stansiya chegarasi" signal belgisi) gacha tisarishga ruxsat beraman



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə43/100
tarix11.05.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#126707
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   100
ИДП лотинча графикада

"№______ poezd mashinistiga poezdni kirish signali ("Stansiya chegarasi" signal belgisi) gacha tisarishga ruxsat beraman.
DSP ________________ (stansiyaning nomi va imzo)".
203. Peregonda to’xtab qolgan poezdni jo’natilgan stansiyaning kirish signali ("Stansiya chegarasi" signal belgisi)gacha tisarish tezligi 5 km/soat dan oshmasligi lozim. Peregonda to’xtatilayotgan poezdning oldida (o’tish maydonchasida yoki vagonning maxsus zinapoyasida) lokomotiv brigadasining xodimi, konduktor yoki mashinistning ko’rsatmasiga binoan boshqa xodim bo’lishi kerak.
Peregondagi motorvagon poezdlar, maxsus o’zi yurar harakat tarkiblari va yakka lokomotivlarni tisarish signallar va harakat tarkibini ko’rish chegarasida to’xtash imkonini beruvchi tezlikda amalga oshiriladi; motorvagon poezd mashinisti boshqa (tisarish yo’nalishi bo’yicha old) boshqaruv kabinasiga o’tadi.
Jo’natilgan poezdning ort qismi stansiya chegarasidan chiqmagan bo’lsa, zarur hollarda bunday poezdni tisarish stansiya navbatchisining og’zaki ko’rsatmasiga binoan manyovr tartibida 5 km/soat dan ortiq bo’lmagan tezlikda amalga oshiriladi. Tisarilayotgan poezdning harakat yo’nalishi bo’yicha birinchi vagon maxsus zinapoyasida yoki o’tish maydonchasida lokomotiv brigadasi xodimi yoki konduktor, stansiya navbatchisi ko’rsatmasiga muvofiq boshqa xodim bo’lishi kerak.


204. Peregondan qaytayotgan poezdlar stansiyaga ochiq kirish svetofori bo’yicha yoki ushbu Yo’riqnomaning 265-bandida belgilangan tartibda svetoforning taqiq ko’rsatmasida qabul qilinadi.
Tisarilayotgan poezdni stansiyaga qabul qilish marshruti tayyor bo’lsa, ushbu Yo’riqnomaning 202-bandida ko’rsatilgan peregondagi poezdni to’xtatishga beriladigan ruxsat poezdni stansiyaga qabul qilish to’g’risidagi buyruq bilan birlashtirilishi mumkin. Bunday holatda kirish svetoforining mavjudligi va qabul qilish sharoitlaridan kelib chiqib, ruxsatnoma matni quyidagi so’zlar bilan to’ldiriladi: "va ____ yo’lga harakat qilishga ruxsat beraman. Kirish svetofori ochiq"; "va kirish svetoforining taqiq ko’rsatmasida __ yo’lga harakat qilishga ruxsat beraman. Qabul qilish marshruti tayyor"; "va ____ yo’lga harakat qilishga ruxsat beraman. Qabul qilish marshruti tayyor".



Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin