O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə52/100
tarix11.05.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#126707
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   100
ИДП лотинча графикада

POEZDLARNI QABUL QILISH


247. TFQning 238-bandiga muvofiq, poezdlar stansiyaga texnikaviy-boshqaruv akti bilan bu maqsadlar uchun mo’ljallangan bo’sh yo’llarga, faqat ochiq kirish signalida, yo’lovchi poezdlar esa, bundan tashqari, yo’l avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi bilan jihozlangan yo’llarga qabul qilinishi lozim. Bunday qurilmalar bilan jihozlanmagan yo’llarga yo’lovchi poezdlarini, harakat xavfsizligini ta'minlab, qabul qilish tartibi DATK boshqaruvi raisi tomonidan belgilanadi.
TFQning 236-bandiga muvofiq, stansiya navbatchisi poezdlarni vaqtida qabul qilinishi uchun bo’sh yo’llar mavjud bo’lishini ta'minlashi shart. Poezdning berk kirish signali oldida zaruratsiz har bir to’xtashi uchun stansiya navbatchisi javobgardir.
Poezdlarni qabul qilish xavfsizligini ta'minlash uchun stansiya navbatchisi quyidagilarga amal qilishi shart:
a) stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida belgilangan ixtisoslashishga muvofiq, poezdlarni harakat tarkibidan bo’sh yo’llarga qabul qilish;
b) yo’llarni kelayotgan poezdlar bilan band etilish ketma-ketligini oldindan rejalashtirish va shunga muvofiq ravishda har bir poezdni tayyorlash uchun yo’lni tayyorlash;
v) qabul qilish-jo’natish yo’llari holati (bo’sh yoki bandligi) hisobini yuritish (boshqaruv asboblarining ko’rsatmalari, ijro etilgan harakat grafigi bo’yicha va boshqa usullar bilan).


248. Markazlashtirilmagan strelkali stansiyalarda stansiya navbatchisi, strelkali postlar katta navbatchilari va strelkali post navbatchilari poezdlarni qabul qilishdan oldin marshrutni tayyorlashning quyidagi tartibiga rioya etishlari shart:
a) poezdni qabul qilish uchun bo’sh yo’l bo’lsa, stansiya navbatchisi qabul qilish marshrutiga kiruvchi barcha strelkali postlar katta navbatchilarini (kattalarning navbatchiligi tashkil etilmagan bo’lsa, strelkali post navbatchilarini) chaqirib, ularga marshrutni tayyorlash xaqida farmoyish beradi.
Stansiya navbatchisining ko’rsatmasiga binoan strelkali post navbatchilaridan biri, boshqalarning telefon oldida xozirligida ushbu farmoyishni takrorlaydi, boshqa barchalar esa uning to’g’riligini "To’g’ri" deb tasdiqlaydilar. Farmoyish to’g’ri tushunilganiga ishonch hosil qilib, stansiya navbatchisi uni "Bajarilsin" so’zi bilan tasdiqlaydi;
b) marshrutni tayyorlash xaqidagi farmoyishni qabul qilib, strelkali postlarning katta navbatchilari uni ijro etish uchun darhol o’z hududidagi strelkali postlar navbatchilariga uzatishlari va to’g’ri qabul qilinganligiga ishonch hosil qilishlari shart.
Marshrutni tayyorlashda ishtirok etayotgan barcha xodimlar farmoyishni ijro etishga darhol kirishmoqlari lozim.
Agar marshrutni tayyorlashda ishtirok etayotgan post hududida manyovr ishlari amalga oshirilayotgan bo’lsa, darhol to’xtatilishi, manyovr tarkibi qabul qilinayottan poezd harakatiga halal bermaydigan yo’lda joylashtirilishi, bu xaqda stansiya navbatchisi mazkur Yo’riqnomaning 236-bandiga muvofiq stansiya texnikaviy-boshqaruv aktida ko’zda tutilgan tartibda ishonch hosil qilishi kerak.
Manyovrlar stansiyaning qarama-qarshi chetida amalga oshirilayotgan bo’lsa, tegishli strelkali post navbatchisi strelkalarni manyovr tarkibi qabul qilish yo’liga chiqib keta olmaydigan qilib o’rnatishi va ularni yopishi lozim.
Marshrutni tayyorlash mobaynida strelkali postlar navbatchilari stansiyada belgilangan tartibda qabul qilish yo’li bo’shligini tekshirishi, strelkalarni kerakli holatga o’tkazishi, marshrutga kiruvchi har bir strelkada ostryaklarning romli relslarga jips tutashganini tekshirishi hamda ularni zakladka va nazorat strelka qulfi bilan berki’tishi lozim.
Hududlarda ishni strelkali post katta navbatchilari boshqarayotgan bo’lsa, ular o’z hududida strelkali post navbatchilari tomonidan marshrutni to’g’ri tayyorlanganini shaxsan tekshirishlari shart, yo’lning bo’shligi tekshirilganiga ishonch hosil qilib, yopilgan strelkalarning kalitlarini olib qo’yishlari lozim;
v) marshrutni tayyorlash bilan bog’liq barcha operatsiyalar yakunlanib, ularning to’g’ri bajarilganiga to’liq ishonch hosil qilganidan so’ng marshrutni tayyorlashga topshiriq olgan har bir strelkali post katta navbatchisi (yoki strelkali post navbatchisi) marshrutni tayyorligi va yo’lning bo’shligini xabar qilish uchun stansiya navbatchisini chaqiradi.
Marshrutni tayyorligi to’g’risidagi xabarni stansiya navbatchisi marshrutni tayyorlash topshirig’i berilgan barcha strelkali postlar navbatchilari telefonda hozirligida qabul qilishi shart. Ular marshrutning tayyorligi xususida navbatma-navbat xabar beradilar.
Belgilangan marshrutda strelkalar holatini nazorat qilishga imkon beruvchi boshqaruv apparatlari mavjud stansiyalarda stansiya navbatchisi marshrutni tayyorlash xaqidagi topshiriq to’g’ri bajarilganligiga asboblarning ko’rsatmalari bo’yicha ham ishonch hosil qiladi;
g) marshrutning to’g’ri tayyorlanganligi, yo’lning bo’shligi, marshrutga tutash yo’l va strelkalarda manyovrlar ushbu Yo’riqnomaning 236-bandiga muvofiq to’xtatilganiga ishonch hosil qilgandan so’ng, stansiya navbatchisi kirish svetoforini ochadi yoki signalni boshqarish amalga oshiriladigan strelkali post navbatchisiga uni ochish to’g’risida farmoyish beradi;
d) strelkali post navbatchilari tayyorlangan marshrutni muhofaza qilishlari va yondosh yo’llarda o’tish mavjudligini diqqat bilan kuzatishlari shart, signallari o’rnatilgan poezdlarni strelkali postlar navbatchilari stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida ko’rsatilgan joylarda kutib olishlari lozim;
e) poezdning harakati mobaynida strelkali post navbatchilari vagonlarning holatiga, ochiq harakat tarkibida yukning to’g’ri joylashganligiga, ko’zda tutilgan signallarning mavjudligiga va hakazolarga e'tibor qilishlari shart. Aniqlangan barcha me'yordan chetlashuvlar xususida darhol strelkali post katta navbatchisiga yoki stansiya navbatchisiga xabar qilishlari, harakat xavfsizligiga yoki odamlar hayotiga tahdid qiluvchi holatlarda esa, poezdni to’xtatish choralarini ko’rishlari shart.
Tarkibiga qabul qilish yo’lini chegaralovchi strelka kirgan strelkali post navbatchisi ortidagi signallarning mavjudligi bo’yicha poezdning to’liq tarkibda yetib kelganligiga ishonch hosil qilishi, uni chegara ustunchalari oralig’ida joylashganligini tekshirishi va bu xususda stansiya navbatchisiga xabar berishi shart.
Poezd kelganidan (o’tganidan) so’ng strelkali post navbatchilari, alohida farmoyishni kutmasdan strelkalarni normal holatga, yo’l band bo’lsa, bo’sh yo’l yo’nalishiga o’rnatishlari lozim.
Strelkali postning bir navbatchisi ikkita postga xizmat ko’rsatadigan stansiyalarda poezdlarni qabul qilish marshrutini tayyorlash, shuningdek, kelayotgan poezdlarni kutib olish tartibi stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida belgilanadi.


249. Kirish svetofori ochilib ulgurgan bo’lsa, stansiya navbatchisi qabul qilish marshrutini o’zgartirish xaqida ko’rsatma berish xuquqiga ega emas.
Poezdni boshqa bo’sh yo’lga qabul qilish uchun marshrutni o’zgartirish zarur bo’lgan favqulodda hollarda stansiya navbatchisi kirish svetoforini yopishi, mashinistni ogohlantirishi, belgilangan marshrutni bekor qilishi va shundan so’nggina marshrutni tayyorlashga yangi topshiriqni belgilangan tartibda berishi shart.


250. Stansiyaga ketma-ket bir nechta poezdni qabul qilish zarur bo’lsa, ulardan biri uchun marshrut tayyorligi xaqidagi xabarni olgan stansiya navbatchisi keyingi poezd uchun marshrutni tayyorlash to’g’risida strelkali postlar navbatchilariga ko’rsatma berishiga ruxsat etiladi. Bunday holatlarda birinchi poezd to’liq tarkibda yetib kelib, kirish svetofori yopilgandan so’ng, darhol ikkinchi poezdni qabul qilish marshruti tayyorlanadi. Birinchi poezd marshrutiga kirmaydigan strelkalar avvaldan o’rnatilib, yopilishi mumkin.
Ikkinchi poezdning marshruti tayyor ekanligi to’g’risida xabar stansiya navbatchisiga birinchi poezdning kelganligi xaqidagi ma'lumot bilan bir paytda uzatiladi.


251. Poezdni qabul qilishdan avval yo’lning bo’shligini tekshirish tartibi stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida belgilanadi. Bunda quyidagi tekshirish usullari qo’llanishi mumkin:
qabul qilish-jo’natish yo’llari elektr izolyatsiya bilan jihozlangan stansiyalarda boshqaruv apparatlardagi nazorat asboblari bo’yicha;
yo’lning ma'lum qismi bo’shligini texnikaviy-boshqaruv aktida ko’rsatilgan stansiya xodimining (bir yoki bir nechta, ularning ishlash hududlariga bog’liq) tekshirilayotgan hudud yaxshi ko’rinadigan joygacha borib kelish usuli bilan aniqlanadi;
sutkaning qorong’i vaqtida va kunduzi ko’rinish yomon bo’lganda - strelkali post navbatchisi yoki shu maqsadda maxsus ajratilgan xodim qabul qilish yo’lini boshdan oyoq yurib o’tish usuli bilan;
stansiyadan to’xtamasdan o’tadigan poezdlarning ortidagi signali bo’yicha (yo’lning butun qismi yaxshi ko’rinib turganda).
Zarur holatlarda stansiya navbatchisining farmoyishi bilan bir yoki bir necha yo’llarning bo’shligi oldindan tekshirilishi mumkin. Bunda poezdni qabul qilish marshruti tayyorlangandan so’ng, olib qo’yiladigan, ko’chiriladigan qizil signallar bilan har bir tekshirilgan yo’lni ikkala tomonidan to’sish usuli qo’llanadi.
Texnikaviy qurilmalar, ish sharoitlari va yo’llarning joylashuviga bog’liq ravishda tekshiruvning boshqa usullari ham qo’llanilishi mumkin, ammo bu holda belgilangan tartibga aniq rioya qilish bilan poezdni band yo’lga qabul qilinishi istisno qilinishi kerak.


252. Stansiyaga qabul qilish yo’lining foydali uzunligiga joylashmaydigan poezd kelayotgan bo’lsa, stansiya navbatchisi radio aloqa orqali ushbu poezd mashinistiga qabul qilish yo’lining chiqish (marshrut) svetoforidagi oydin-oq chiroq bo’yicha qizil chirog’i o’chgan holatda to’xtamasdan (komanda yoki to’xtash signalini olgunicha) o’tishga ruxsat berishi mumkin.
Kelayotgan poezdning mashinisti bunday ruxsatni olmasa, chiqish (marshrut) svetoforining oydin-oq chirog’ida, ushbu svetofordan o’tmasdan to’xtashi lozim.
Chiqish svetoforining ruxsat ko’rsatmasi bo’yicha jo’natish uchun ushbu poezdni zarur hollarda tisarish signal bo’yicha yoki stansiya navbatchisi tisarish marshrutini avvaldan tayyorlagandan so’ng, radio aloqa orqali mashinistga uzatadigan ko’rsatma bo’yicha amalga oshiriladi.


253. 1 klassli xavfli yuk (VM)li va nogabarit yukli poezdlar stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida ko’rsatilgan yo’llarga qabul qilinishi lozim.
Nogabarit va 1 klassli xavfli yuk (VM)lar ortilgan poezdlarni qabul qilish va jo’natishda rioya etilishi lozim bo’lgan xavfsizlik choralari DATK ning maxsus yo’riqnomalari bilan belgilanadi.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin