353. TFQ ning 200-bandiga muvofiq, asosiy yo’llarda yoki ularni kesib o’tib, shuningdek, chiqish strelkalaridan tashqarida manyovrlar bajarish, har bir alohida holatda manyovrlar amalga oshirilayotgan yo’llar va strelkalarni kirishni to’suvchi tegishli kirish svetoforlarining yopiq holatida, stansiya navbatchisining ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin. Stansiyaning qabul qilish-jo’natish parkalarida manyovrlar faqat stansiya navbatchisi tuzuvchi (bosh konduktor) ga manyovr ishiga topshiriq berganda ko’rsatgan yo’llar (strelkalar)da amalga oshirilishi mumkin.
354. TFQ ning 200-bandiga muvofiq, poezdlar dispetcheri va qo’shni stansiya navbatchisining roziligisiz va mashinistga berilgan tegishli ruxsatnomasiz tarkibni stansiya chegarasidan peregonlardagi bir yo’lli va noto’g’ri yo’ldan ikki yo’lli uchastkalarga chiqib manyovr qilishi taqiqlanadi. Tarkibni stansiya chegarasidan to’g’ri yo’l bo’ylab ikki yo’lli uchastkalarga chiqib manyovrlar qilishiga, poezd dispetcherining roziligi bilan, stansiya navbatchisining og’zaki ruxsati bo’yicha ruxsat etiladi. Bir yo’llik peregonlarda manyovr tarkibining stansiya chegarasidan chiqishi uchun quyidagilar ruxsat bo’lib xizmat qiladi:
a) avtomatik blokirovkada - tegishli chiqish svetofori ochilganidan so’ng manyovr lokomotivi mashinistiga topshiriladigan jezl-kalit. Ochiq chiqish svetofori va jezl-kalit bo’yicha manyovr tarkibi birinchi bor stansiya tashqarisiga chiqqanidan so’ng peregonga takroriy chiqishlar, mashinistda jezl-kalit mavjudligida chiqish svetoforini ochmasdan amalga oshiriladi.
Yo’l svetoforlari bilan bog’langan maxsus manyovr svetoforlariga ega avtomatik blokirovka bilan jihozlangan stansiyalarda manyovr tarkibining stansiya chegarasidan tashqariga chiqishi ushbu manyovr svetoforining ruxsat ko’rsatmasiga asosan amalga oshiriladi.
Jezl-kalit yoki maxsus manyovr svetofori bo’lmaganda stansiya chegarasidan chiqiladigan manyovrlar uchun manyovr lokomotivining mashinistiga yo’l xati (qog’ozi) taqdim etiladi;
b) yarim avtomatik blokirovkada - ushbu peregonning kalit-jezli, uning yo’qligida - yo’l xati (qog’ozi);
v) elektr jezl tizimida - ushbu peregonning jezli yoki kalit-jezli;
g) telefon aloqasida - yo’l xati (qog’ozi).
355. Bir yo’llik peregonlarda mashinistga yo’l xati (qog’ozi) taqdim etilib manyovr tarkibining stansiya chegarasidan chiqishi barcha holatlarda faqat poezdlar harakatida signalizatsiya va aloqa asosiy vositalarining amal qilishini to’xtatmasdan peregonni chegaralovchi ikkala stansiyaga bir paytning o’zida uzatiladigan poezd dispetcherining ruxsati bo’yicha amalga oshiriladi.
Bunday ruxsatni olganlaridan so’ng stansiya navbatchilari quyidagi mazmundagi telefonogrammalar bilan almashadilar: