O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha


yo’l avtomatik signalizatsiya qurilmalarining nosozligida



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə71/100
tarix11.05.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#126707
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   100
ИДП лотинча графикада

yo’l avtomatik signalizatsiya qurilmalarining nosozligida;
ortish gabaritlaridan tashqariga chiqqan yuklar ortilgan poezdni jo’natishda ushbu poezdning yo’nalishi davomida tezlikni pasaytirish yoki alohida sharoitlarga rioya qilish kerak bo’lganda;
ikki yo’lli peregonda qor tozalagich, ballaster, yo’l yotqizuvchi, ko’tarma kran, shag’al tozalagich va boshqa mashinalar ishlaganda;
berilgan uchastka uchun belgilangan tezlik bilan harakatlana olmaydigan harakat tarkibini poezdga biriktirganda;
kirish sharoiti yomon bo’lganida olib qo’yiladigan harakat birliklari bilan ishlashda, shuningdek, yo’l vagonchalarida og’ir yuklarni tashishda;
yo’lda poezdni to’xtatish yoki tezlikni pasaytirish kerak bo’lgan boshqa barcha holatlarda, shuningdek lokomotiv brigadalarni poezd alohida sharoitda harakatlanayotgani xaqida ogohlantirish kerak bo’lganida.
Barcha ogohlantirishlar uch turga bo’linadi:
a) belgilangan vaqtdan bekor qilinguncha amaldagilar, tegishli rahbar ishlarni bajarish sharoitlariga ko’ra ishning yakunlashining aniq vaqtini aytib berolmagan hollarda;
b) ishlar rahbari tomonidan belgilangan aniq muddat mobaynida amaldagilar, ushbu muddat ogohlantirish berish uchun talabnomada ko’rsatiladi;
v) ayrim poezdlar uchun o’tkazishning alohida harakatlarida (masalan, poezdda belgilangan tezlikda harakatlanishi mumkin bo’lmagan yuk yoki harakat tarkibining mavjudligi, grafikda belgilanmagan to’xtashlar tayinlanishi va rioya qilish zarurligida).


362. Mo’ljallangan ishlarni bajarish bilan bog’liq ogohlantirishlarga talabnomalar quyidagi muddatlarga beriladi:
a) yo’l ustalari, kontakt tarmog’i hududining boshliqlari va elektromexaniklari, signalizatsiya va aloqa vositasi elektromexaniklari tomonidan - ishlarni bajarish davriga, ammo 12 soatdan oshmagan muddatga;
b) yo’l, signalizatsiya va aloqa, elektr ta'minoti distansiyalari boshliqlari yoki ularning o’rinbosarlari tomonidan - 5 sutkagacha;
v) DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshliqlari tomonidan - 10 sutkagacha.
(362-bandning 4-xatboshisi “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2003 yil
27 yanvardan 1/6-7-02-son ko’rsatmasiga muvofiq o’zgartirildi).

Poezdlar harakati grafigida ko’zda tutilmagan bundan uzoqroq muddatga beriladigan ogohlantirishlar DATK boshqaruvi raisining buyrug’i bilan belgilanib, ushbu buyruqda DATK boshqaruvi raisi tegishli xodimlarga zarur ishlar bajarilib, normal tezlik tiklangandan so’ng, ogohlantirishni bekor qilish xuquqini berishi mumkin. DATK boshqaruvi raisi tomonidan belgilanadigan ogohlantirishlar, talabnoma tushgandan so’ng bir sutka muddat ichida rasmiylashtirilishi kerak.
Yo’lni yo’l o’lchagich va defekt aniqlagich vagonlar bilan tekshirish paytida poezdlarni harakat xavfsizligiga tahdid soluvchi joylar aniqlanganda, ogohlantirish berishga talabnomalar ushbu vagonlarning boshliqlari yoki ularning o’rinbosarlari tomonidan ham topshirilishi mumkin.
Yo’l ustalari, kontakt tarmog’i hududining boshliqlari va elektromexaniklari, signalizatsiya va aloqa distansiyasining elektromexaniklari ogohlantirish berishga talabnomani quyidagi hollarda topshiradilar: olinadigan harakat birliklarining ishlashida, yo’l vagonchalarida og’ir yuklarni tashilganda, ikki va ko’p yo’llik peregonlarda yo’l oralig’iga materiallar tushirilganda yoki poezd o’tuvchi yo’l orqali qo’shni yo’lda turgan poezddan yuklar tushirilganda.
Yo’l ustalari tomonidan, bundan tashqari, yo’l brigadiri rahbarlik qilish xuquqiga ega mo’ljallangan ishlarni bajarish uchun ogohlantirish berishga talabnomalar topshiriladi. Bunday ishlar ro’yxati yo’l ishlarini bajarishda poezdlar harakati xavfsizligini ta'minlash bo’yicha Yo’riqnomada belgilanadi.


363. Ogohlantirish berishga talabnomalar yozma ravishda, telegramma yoki telefonogramma shaklida DATK boshqaruvi raisi tomonidan belgilangan ogohlantirishlar berish stansiyalariga, ogohlantirish belgilanayotgan peregonni chegaralovchi stansiyalarga, markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalarida esa, shuningdek, poezd dispetcheriga ham yo’llanadi. Sanab o’tilgan stansiyalardan biriga berilgan yozma talabnoma uni imzolagan shaxs tomonidan belgilangan boshqa manzillarga telegramma yoki telefonogramma yuborilib, tasdiqlanishi lozim.
Agar ogohlantirish berishga talabnoma yo’l distansiyasi boshlig’i yoki boshqa yuqori turuvchi rahbar tomonidan berilsa, uning nusxasi ishlar rahbariga ham yuboriladi.
Ko’zda tutilgan ogohlantirishlar berishga talabnoma bayon etilgan telegrammalar (telefonogrammalar) shunday hisob-kitob bilan jo’natilishi lozimki, ogohlantirish berish stansiyasining navbatchisi tomonidan ogohlantirish amalga kirishi paytidan kamida 3 soat ilgari qabul qilinsin, poezdlar to’xtovsiz 3 soatdan ortiq harakatlanadigan yo’nalishlarda esa - DATK boshqaruvi raisi tomonidan belgilangan muddatdan ilgari qabul qilinsin.
Ogohlantirishni o’rnatish yoki bekor qilish uchun beriladigan har bir talabnoma alohida telegramma (telefonogramma) bilan rasmiylashtirilishi va ogohlantirish berish stansiya navbatchisiga faqat yozma ravishda yetkazilishi kerak.
Belgilangan manzillar bo’yicha talabnomalar, telegramma va telefonogrammalarni o’z vaqtida yetkazilishini ta'minlaydigan, ogohlantirishlarni o’rnatish yoki bekor qilish xaqidagi talabnomalar, telegramma yoki telefonogrammalarni yuborish tartibi DATK boshqaruvi raisi tomonidan belgilanadi.
Talabnoma ijroga qabul qilinganiga quyidagilar tasdiq bo’ladi:
a) belgilangan manzillarga jo’natish uchun telegramma qabul qilib olingani xaqida telegraf xodimi (telegraf bo’lmagan joyda - stansiya navbatchisi) imzo chekkan telegramma (telefonogramma) nusxasi yoki matnida uni belgilangan manzillarga yetkazishning qayd etilgan vaqti, ushbu telefonogrammani qabul qilgan xodimning lavozimi va familiyasi ko’rsatiladi;
b) ogohlantirishlar berish stansiyasi navbatchisining yozma talabnoma olganligi to’g’risida yoki ushbu stansiya navbatchisining ogohlantirishlar kitobida talabnoma bergan xodimning yozuvi ostidagi imzosi.


364. Poezdlarga ogohlantirishlar berilayotganiga poezd dispetcheri yoki stansiya navbatchisi orqali ishonch hosil qilmasdan oldin, ishlar rahbariga ishga kirishish, ishlarni xavfsiz bajarilishiga mas'ul xodimga ishni boshlashga ruxsat berish taqiqlanadi.


365. Ogohlantirish berish uchun talabnomalarda quyidagilar ko’rsatilishi lozim:
a) ogohlantirish amal qiladigan joyning aniq belgilari (peregon, kilometr va yo’l nomeri);
b) poezdlar harakatida ehtiyot choralari;
v) ogohlantirish amalga kiradgan vaqt va muddati.


366. Harakat xavfsizligiga xavf soluvchi va to’xtash signallari yoki tezlikni pasaytirish, "Tok qabul qilgichni tushirish" signallari bilan to’silishni talab qiluvchi yo’l va qurilmalar nosozliklari (defektli yakka rels, nakladkalar, strelka ostryaklari, tenglash asboblari qismlari, krestovinani almashtirish, bo’rtib chiqqan yo’llarni to’g’rilash va h.z.) aniqlanganda, ularni bartaraf etishda kutilmagan ishlarni bajarish harakatlariga ogohlantirish berishga talabnomalar yo’l ustasi (u bo’lmaganda - yo’l brigadiri), kontakt tarmog’i hududlari xodimlari talabi bo’yicha energodispetcher yoki elektrta'minoti distansiyasi boshlig’i (elektmexanigi), SSB elektrmexanigi tomonidan topshirilib, bu to’g’rida yo’l distansiyasi boshlig’i yoki mos ravishda elektr ta'minot distansiyasi, kontakt tarmog’i hududi yoki signalizatsiya va aloqa distansiyasi boshlig’iga xabar qilinadi.


367. Harakat xavfsizligiga tahdid qiluvchi kutilmagan holatlar paydo bo’lganda, ogohlantirish berishga talabnoma bevosita peregonni chegaralovchi stansiyalar (yoki shu stansiyalardan biri) navbatchilariga uzatiladi.
Peregonni chegaralovchi stansiya navbatchisi olingan talabnomaga yoki qo’shni stansiya navbatchisining ma'lumotiga asosan, birinchi navbatda peregonda xavfli joyga qarab harakatlanayotgan poezdlarning mashinistlariga radio aloqa orqali kilometr (piket)ni va uni bosib o’tishda ehtiyot choralarni xabar qilishi shart. Ma'lumot to’g’ri qabul qilinganiga ishonch hosil qilib bu xaqda poezd dispetcheriga xabar qilishi lozim. Ushbu yo’nalishda harakatlanayotgan poezd yaqinlashayotgan yoki stansiyada bo’lsa, mashinistni radio aloqa orqali ogohlantirish imkoniyati bo’lmasa, yozma shakldagi ogohlantirishni taqdim qilish uchun chiqish (marshrut) svetofori oldida to’xtatish lozim.
Stansiya navbatchisidan xabar olgan poezd dispetcheri peregonni chegaralovchi va ogohlantirish berish stansiyalariga poezdlarga ogohlantirish berish tartibi to’g’risida qayd etiladigan buyruq beradi.
Poezd dispetcherlik aloqasi uzilgan hollarda peregonni chegaralovchi stansiya navbatchisi toki dispetcherlik aloqasi tiklangunga qadar xavfli joyga qarab jo’nab ketayotgan barcha poezdlarga ogohlantirish berishi shart. Aloqa tiklangandan so’ng poezd dispetcherining ko’rsatmalariga muvofiq harakat qilinadi.
Markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalarida kutilmagan ogohlantirishlarga beriladigan talabnomalar poezdlarga ogohlantirish berishni ta'minlovchi choralar ko’radigan poezd dispetcheriga topshiriladi.
DATK boshqaruvi raisi tomonidan belgilangan ayrim uchastkalarda harakatlanayotgan poezdlarning mashinistlariga kutilmaganda paydo bo’lgan ogohlantirishlar xaqidagi xabarni yozma ruxsatnoma berish uchun poezdni to’xtatmasdan, radio aloqa orqali uzatish tartibi ko’zda tutilishi mumkin. Bunday xabarlar poezd peregonni chegaralovchi stansiyaga yaqinlashganda kirish signali ochilgunga qadar, poezdlar harakati yoki dispetcherlik farmoyishlari jurnalida xabarni qayd etib, mashinistga stansiya navbatchisi, markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalarida esa poezd dispetcheri tomonidan berilishi mumkin.
Poezdlar harakati uchun xavfli bo’lgan yo’l, kontakt tarmog’i va boshqa qurilmalarning kutilmagan nosozligini bartaraf etish bo’yicha ishlar hamda shu bilan bog’liq bo’lgan maxsus o’zi yurar harakat tarkibi va olinadigan birliklarning harakati nosozlik aniqlangandan so’ng darhol, ish joyi tegishlicha to’silgandan so’ng amalga oshirilishi shart. Ogohlantirishni o’rnatish zaruriyati tug’ilganda uni berishga talabnomalar belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.


368. Ogohlantirish to’g’risidagi barcha talabnoma va telegrammalar (jumladan, poezd dispetcherining buyrug’i bilan uzatilganlari ham) stansiya (park) navbatchisi yoki operator tomonidan ogohlantirishlar kitobiga yozib qo’yiladi va nomerlanadi.
Ogohlantirishlar kitobini yuritish va poezdlarga ogohlantirishlarni berish tartibi stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida belgilanadi.
Ogohlantirish o’rnatilgan peregonni chegaralovchi stansiya navbatchisi talabnoma olingani xaqida poezd dispetcheriga xabar qiladi.
Ogohlantirishlar har oyning birinchi kuni nol soatdan boshlab, oyma-oy birinchi raqamdan nomerlanadi.
Har oyning birinchi kunida amaldagi barcha ogohlantirishlar kitobga yangitdan yozib qo’yiladi.
Kitobdagi barcha qaydlar stansiya (park) navbatchisining imzosi bilan tasdiqlanishi lozim.
Ogohlantirish beriladigan stansiyalarda ogohlantirishlarni qayd etish kitobi, odatda har bir tutash yo’nalish uchun alohida yuritiladi.
Stansiya boshlig’i yoki uning o’rinbosari ogohlantirishlar kitobini muntazam tekshirib borishlari shart.


369. Ogohlantirishlar poezdlar tuziladigan va poezdlar texnikaviy ehtiyoj uchun to’xtaydigan stansiyalarda beriladi. Shahar atrofiga qatnaydigan poezdlarga ogohlantirishlar ularni jo’natiladigan boshlang’ich stansiyalar tomonidan berilishi mumkin.
Stansiyalar ro’yxati va poezdlarga ogohlantirishlar berish tartibi DATK boshqaruvi raisi tomonidan belgilanadi. Ishlar rahbarlari (ishlarni xavfsiz bajarilishiga mas'ul shaxslar) ogohlantirishlar o’rnatilganligi xaqidagi telegrammalarni shu stansiyalarga, jumladan, qo’shni yo’llarda joylashgan yondosh uchastkalardan ham yo’llashi lozim.


370. Ayrim poezdlar harakatlanishning alohida shartlari to’g’risidagi ko’zda tutilgan ogohlantirishlar poezdlarni tuzish yoki belgilangan tezlikda harakatlana olmaydigan harakat tarkiblarini poezdlarga tirkash stansiyalarida beriladi. Lokomotivlarni va lokomotiv brigadalarni almashtirish stansiyalarida tarkibida harakatlanishni alohida shartlariga rioya qilinishi talab qiladigan tarkib yoki yuk bor poezdlarni jo’natilishini istisno qiladigan shunday ogohlantirishlarni berish tartibi DATK tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi boshlig’i tomonidan belgilanishi va stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida ko’rsatilishi lozim.


371. Ogohlantirish diagonali bo’ylab sariq tasmali oq rangli maxsus blankada yoziladi (DU-61 shaklidagi blank 211-betda keltirilgan) va imzo chektirilib, lokomotiv (motorvagon poezdi) mashinistiga yoki uning yordamchisiga shaxsan stansiya (post, park) navbatchisi yoki uning ko’rsatmasiga binoan operator, stansiya texnologik markazining xodimlari, strelkali post navbatchisi, signalchi yoki boshqa xodim tomonidan topshiriladi. Ogohlantirish mashinist yordamchisiga topshirilgan bo’lsa, u darhol mashinistga berishi shart, mashinist esa, o’z navbatida yordamchisidan ogohlantirish topshirilganligi xaqida tekshirib ko’rishi lozim.
Ogohlantirishlar shaxsiy kompyuterlar va teletayp apparatlarida sariq tasmasiz oq qog’ozda bosib chiqarilishi mumkin. Bunda ularni jo’nab ketayotgan poezdlar lokomotiv mashinistlariga berish tartibi avvalgicha qoladi.


372. Ogohlantirishlar blankalari avvaldan to’ldirilib (poezd nomeridan tashqari) stansiya (park, post) navbatchisi tomonidan imzo chekiladi.
Blankalar nusxa ko’chirish qog’ozi bilan ko’paytirib to’ldirilganda har bir nusxada ogohlantirish matni aniq-ravshan o’qilishi lozim.
Jo’natilayotgan poezd nomeri ogohlantirish blankasida mashinistga yoki uning yordamchisiga topshirilishi oldidan qo’yiladi.
Poezdni ikkita lokomotiv tortganda ogohlantirish yetakchi lokomotiv mashinistiga topshiriladi, u esa ikkinchi lokomotiv mashinistini ogohlantirish borligidan xabardor qiladi. Poezd suruvchi lokomotiv bilan harakatlanganda ogohlantirish suruvchi mashinistiga ham topshiriladi.
Shahar atrofiga qatnovchi, tortib chiqaradigan va uzatib beradigan poezdlarga, shuningdek, suruvchi lokomotivlarga ogohlantirishlar berish tartibi DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan belgilanadi. Bunda ogohlantirishlarni har bir poezdga emas, ma'lum (brigadalar almashuvi oralig’ida) muddatga berilishi mumkin.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin