Oziq ovqat mahsulotlari texnologiyasi



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/37
tarix19.10.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#118422
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37
konserva ishlab chiqarishda texnik kimyoviy nazorat

8-laboratoriya ishi 
YORDAMCHI MODDALARNING SIFATINI ANIQLASH
Ishning maqsadi: Konservalashda ishlatiladigan yordamchi moddalar (osh 
tuzi namligi, sirka kislotasi, qaxrabo kislotasi, aldegidlarni, shakar rangi va 
hokazo)ning sifatini aniqlashdan iborat. 
NAZARIY QISM 
Osh tuzi, sirka kislotasi, qand va ziravorlar meva sabzavotlarni 
konservalashda ishlatilib, konservalarning saqlanishida muhim rol o’ynaydi. 
Konservalashda ishlatilgan osh tuzi Davlat standarti talabiga javob berishi zarur. 
Masalan: 
A) tuz kislotalarining kattaligi 0,5 mm dan oshmasligi zarur. 
B) tuz oppoq rangga ega bo’lib, hidi bo’lmasligi zarur.
V) tuzning 5% li eritmasi sho’r mazaga ega bo’lishi va boshqa achchiq 
maza sezilmasligi kerak. 
G) tuz tarkibida 96,5 % natriy xlorid bo’lishi kerak.
D) tuzda har xil mexanik organik va noorganik qo’shimchalar bo’lmasligi 
zarur.
E) namlik ekstra assorti osh tuzida 0,5 dan 6% gacha bo’lishi kerak. 
Konservalash uchun ishlatiladigan tuz tarkibida gips, kaltsiy xlorid yoki 
magniy xlorid bo’lmasligi kerak, chunki bu moddalar suvning qattiqligini oshirib 
konservalangan mahsulot sifatini pasaytiradi. Xuddi shuningdek, sirka kislotaga 
ham ma’lum talablar qo’yiladi. Ishlatilishdan oldin solishtirma og’irligi, 


umumiy kislotaligi mineral kislotalar yo’qligi, og’ir metall, qaxrabo 
kislotasi va aldegidlar bor yo’qligi tekshirishlishi lozim. Konservalashda 
ishlatiladigan har qanday modda sifat jihatidan bir qator talablarga javob berishi 
zarur. Ulardank: namlik, rangi, mazasi, tozaligi va hokazolar. 
1-ISH. OSH TUZINING NAMLIGINI ANIQLASH 
Kerakli asboblar va reaktivlar: 
Quritish shkafi. Analitik tarozi. Kolba. Voronka. Tuz namunasi. 
Ishning bajarilishi: 
Unchalik katta bo’lmagan tagi tekis kolbaga voronka qo’yilib, quritish 
shkafida quritiladi va sovugandan keyin analitik tarozida tortiladi. Keyin 
kolbaga 10 g osh tuzining o’rtacha namunasidan olinadi va voronka bilan 
tarozida tortiladi. Quritish quritish shkafida 140-150°S haroratda olib boriladi. 
Quritish doimiy og’irlikka erishguncha davom etadi. Birinchi quritish bir soat 
davom etadi, keyingilari har 30 minutdan keyin og’irliklari o’rtasidagi farq 0,001 
g dan oshmagan holda olib boriladi. 
Namlikning miqdorlari foiz hisobida quyidaga formula orqali topiladi: 
с
в
а
Х
100
)
(


=
a-quritishgachabo’lgankolbavoronkalariningoshtuzibilanbirgalikdagiog’irligi, g; 
v- kolba, voronkaning tortish bilan qurishidan keyingi og’irligi, g; 
s - quritishgacha bo’lgan tuzning og’irligi, g hisobida. 
2-ISH. SIRKA KISLOTASINING SIFATINI ANIQLASH 
Kerakli asboblar va reaktivlar: 
Piknometr. Gidrostatik tarozi. Quritish shkafi. Suv hammomi. 100ml, 500ml li 
o’lchov kolbalari. Farfor kosacha. Byuks. Pipetka. Byuretka. Sirka essentsiyasi. 0,1 n 
ishqor eritmasi. Margantsovka eritmasi. Indikator metilfenolyat. Sulfat kislotaning 
normal eritmasi. Ammiak. Kaltsiy xlorid. Vodorod sulfitli suv. Fuksinsulfat kislota. 


SOLISHTIRMA OG’IRLIGINI ANIQLASH. 
Sirka kislotasiningsolishtirma og’irligi piknometr yoki gidrostatik tarozi 
yordamida aniqlanadi. 
UMUMIY KISLOTALARINI ANIQLASH. 
Sirka essentsiyasining kontsentratsiyasini aniqlash uchun yaxshi yopiladigan 
byuksga 5 g tortib olinib, o’lchov kolbasida 500 ml gacha suyultiriladi. Keyin 
alohida 25 ml dan olib 0,1 n ishqor eritmasi bilan fenolftalein indikatori 
ishtirokida titrlanadi. 
Sirka kislotasnning foiz hisobidagi miqdori quyidagi formula bilan topiladi: 
в

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin