konserva ishlab chiqarishda texnik kimyoviy nazorat
4-laboratoriya ishi UGLEVODLARNI ANIQLASH 1-ISH: FRUKTOZANI ANIQLASH Fruktoza ko’pchilik mevalarning tarkibida uchraydi. Fruktoza nordon
sharoitda rezortsin bilan reaktsiyaga kirshpib rangli birikma xosil qiladi.
Reaktivlar: rezortsinning spirtli eritmasi (1g rezortsin 1 l 25% li etil spirtida
eritiladi). Xlorid kislotaning 30% li eritmasi. Fruktozaning standart eritmasi. 100 mg
fruktoza 100 ml benzoat kislotaning suvda to’yingan eritmasida eritiladi va
sovitgichda saqlanadi. SHu eritmadan 10 ml olib 100 ml suvda suyultiriladi.
Ishning borishi. 5-20 g o’simlik materialidan olib, chinni xavonchada bir xil
massa hosil bo’lguncha shisha kukunlari yordamida 10-20 ml suv bilan eziladi.
So’ngra xajmi 200 ml li kolbaga kuyiladi. Kolbani harorati 80-90° S bo’lgan suv
hammomiga tushiriladi va 1 soat davomida ekstraktsiya qilinadi. So’ngra kolbani
sovitib, qo’rg’oshin atsetatning 10% li eritmasidan 5-6 ml qo’shiladi. Bunda
fruktozani aniqlashga xalaqit beradigan boshqa moddalar cho’kmaga tushadi.
Kolbadagi suyuqlikni yaxshilab aralashtirib suv bilan chiziqqacha to’ldiriladi va
filtrlanadi.
Filtrdan 50 ml li kolbaga 5 ml olib, ustiga 5 ml rezortsinning spirtli eritmasidan
va 15 ml xlorid kislotaning 30% li eritmasidan qo’shiladi. Kolbadagi suyuqlikni
yaxshilab aralashtirib, 80°S haroratlisuv hammomiga 20 minutga qo’yiladi. Sungra kolbani sovitib rang intensivligini FEK da ko’riladi. Bunda yashil yorug’lik filtrdan
(540 nm) foydalaniladi. Fruktoza miqdorini aniqlash uchun standart eritmalar
yordamida kalibrovka chizig’i grafik sifatida chiziladi. Standart eritmadan hajmi
50 ml li kolbalarga 0,5; 1,0; 2,0; 3,0; 4,0; 5,0 ml dan quyiladi. Ularning ustiga
4,5; 4,0; 3,0; 2,0; 1,0; 0,1 ml distillangan suv quyiladi. So’ngra barcha kolbalarga
5 ml rezortsin eritmasi va 15 ml xlorid kislotaning 30% li eritmasidan qo’shib,
harorati 80-50° S bo’lgan suv hammomida 20 min. davomida saqlanadi. Vaqt
tugagach kolbalar sovitilib hosil bo’lgan rang intensivligi FEK da o’lchanadi.