Oziq ovqat mahsulotlari texnologiyasi


-ISH. KONSERVALANGAN MEVA-SABZAVOT SHARBATLARIDAGI



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/37
tarix19.10.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#118422
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   37
konserva ishlab chiqarishda texnik kimyoviy nazorat

3-ISH. KONSERVALANGAN MEVA-SABZAVOT SHARBATLARIDAGI 
CHO’KMA MIQDORINI ANIQLASH 
Kerakli asboblar va reaktivlar: 
TSentrifuga va probirkalar. Texnik-kimyoviy tarozi. Ulchov tsilindri. Suv 
xammomi. Termometr. Stakan. Uzum yoki olma sharbati. Ishning bajarilishi: 
Meva suvlarining mag’izsiz tashqi ko’rinishi uniig tarkibidagi cho’kmaga 


bog’liq. Meva suv cho’kmasi bilan chayqatilganda o’zining tiniqligini 
yo’qotadi va yoqimsiz ko’rinishga ega bo’lib qoladi, Ayrim hollarda meva 
suvlarida yoki sharbatlarida cho’kma paydo bo’lishitexnologik sharoitning 
noto’g’ri yo’lga qo’yilganligidan darak beradi. CHo’kma miqdorini aniqlash 
standart usul asosida tsentrifugalab, mahsulotning yopishqoqligini pasaytirish
pektin moddalarini gidrolizlash maqsadida va ozgina qizdirish yordamida 
amalga oshiriladi. 
Tekshirishni boshlash uchun tsentrifuga probirkalari yaxshilab yuvib quritiladi 
va 0,0001 aniqlikda tortiladi. Meva sharbatidan yoki ekstraktidan o’rtacha 
namuna olinib, yaxshilab aralashtirilgan holda 150sm
3
tabiiy sharbatdan yoki 
40sm
3
kontsentrlangan sharbatdan o’lchab olinadi. Kontsentrlangan sharbatni 
suyultirishda iste’molchi uchun yozilgan yozuvdan foydalaniladi. Tayyorlangan 
sharbat oldindan texnik-kimyoviy tarozida tortilgan probirkaga solinadi. Agarda 
yuqoridagi texnik-kimyoviy tarozi bo’lmasa, probirka og’irligi ma’lum stakanga 
solinib, pallali tarozida tortilishi mumkin. 
TSentrifuganing xavfsiz ishlashi uchun tsentrifuga probirkalarining massasi bir 
xil bo’lishi kerak, hamda tsentrifuga uyalari simmetrik holda joylashgan bo’lishi 
lozim. SHarbat olingan probirka 85-90° S li suv hammomida 3 minut saqlanadi 
va keyin tsentrifugaga joylanib, 800 ayl\min da 20 minut davomida 
aylantiriladi. TSentrifuga sekinlik bilan to’xtatilgandan keyin probirka olinib, 
probirkadagi suyuqlik to’kiladi va probirka devoridagi qoldiq suvlar ketishi 
uchun filtr qog’oz ustiga to’nkariladi. Probirkaning cho’kma bilan 
birgalikdagi og’irligi 0,0001 g aniqlikda tortiladi. CHo’kma og’irligi miqdori X
0
(%) hisobida quyidagi formula yordamida topiladi. 
2
2
1
)
(
100
м
м
м
Х
о


=
m
1
- probirkaning sharbat bilan birgalikdagi og’irligi, g.
m
0
- bo’sh probirkaning og’irligi, g.
m
2
- sharbatning og’irligi, g. 
Tekshirish uchun savollar: 
1.Maxsulot sifatini baxolashda orgapoleptik usullar qanday 
ahamiyatga ega. 
2. Organoleptik usulda mahsulot sifatini baholashda qaysi sezgi 
organlari ishtirok etadi? 


3. Degustatsiya qilish qoidalari va sharoitlari haqida nimalarni 
bilasiz? 
4. Mahsulotning rangi deganda qanday xulosaga egasiz? 
5. Konservalangan meva sharbatlaridagi mag’iz qism, cho’kindi qismini 
aniqlash haqida tushuncha bering? 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin