29.09.2023OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINING KIMYOVIY TARKIBI OZZIQ OVQAT VA BIOXAVSIZZLIK
Turli mineral moddalarning organizm uchun ahamiyati
Natriy bu unsur tanadagi barcha hujayralar, to‟qimalar hamda biologik suyuqliklar tarkibida keng tarqalgan bo‟lib, u asosan osh tuzi, ya‟ni natriy xlor ko‟rinishida ovqat va ichiladigan suv bilan qabul qilib turiladi. Osh tuzi ko‟pincha ikki xil ko‟rinishda, ya‟ni sanoat yo‟li bilan qayta ishlangan sof natriy xlor va dengiz suvini cho‟kmaga tushirish bilan olinadigan kon tuzi ko‟rinishida ishlatiladi s. Kon tuzi va dengiz suvi bug‟latilib olingan tuz tarkibida natriy, kalsiy va boshqa unsurlar qatori magniy unsuri ham bo‟ladi, magniy esa saraton kasalligini oldini olishda muhim mikroelementdir [20]. Onkologlarning aniqlashlaricha, [32] agar hayvonga magniysiz ovqat berilsa, ularda qon raki ko‟proq uchrar ekan
Kaliy bu unsurning muhim tomoni shundan iboratki, u vujuddagi barcha «yumshoq» to‟qimalarning me‟yoriy ishlashini ta‟minlaydi (miya, buyrak, oshqozoq-ichak, jigar, ichki sekresiya bezlari, tana va yurak mushaklari). Yuqoridagi jadvalda ko‟ringanidan, kaliy ko‟pgina o‟simlik mahsulotlarida ancha mo‟l bo‟ladi. Bular loviya, no‟xat, kartoshka, sholg‟om, olma, o‟rik, olho‟ri, sarimsoq va boshqalardir. Shu bilan birga u ayrim hayvon mahsulotlarida, masalan, mol go‟shti (241 mg/100 g), baliqda (162 mg/100g), sutda (127 mg/100 g) uchraydi. Odam kundalik iste‟mol qiladigan ovqati bilan o‟ziga yetarli bo‟lgan kaliyni yig‟ib oladi
Kalsiy bu unsur ham natriy, kaliy kabi asosan tuz ko‟rinishida qabul qilinadi. Tanadagi kalsiyning 99 % suyaklar, tishlar, tirnoqlar tarkibida bo‟ladi, qolgan 1 % qon va boshqa suyuqliklarda hamma «yumshoq» to‟qimalarda uchraydi. Lekin kalsiyning ahamiyati faqat suyaklar va tishlarning shakllanishi bilan cheklanib qolmasdan, balki qon hosil bo‟lishi, ivishi, asab va mushaklardagi qo‟zg‟aluvchanlik, hujayra pardasidagi o‟tkazuvchanlik jarayonlarida faol qatnashadi. Kalsiyga bo‟lgan bir kecha-kunduzlik talab o‟rtacha 800 mg bo‟lgan holda yosh bolalar va keksa odamlarda bu ko‟rsatkich 1000-1200 mg gacha oshadi
Fosfor bu madanli unsur miya, mushaklar, ichki sekresiya bezlari hamda ter bezlari faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Mushaklar fosforli birikmalarining to‟planadigan asosiy joyi hisoblanadi. Fosfor birikmalari oziq moddalarni parchalovchi fermentlar tarkibiga kiradi. Eng muhimi, fosforli guruhlar ADF bilan birikib barcha hujayralarning fiziologik faoliyatini ta‟minlab turadigan ATF hosil qiladi. Fosfor kalsiy bilan birgalikda suyaklar va tishlarning shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Odamning fosforga bo‟lgan bir kecha-kunduzlik talabi 1600-1800 mg, u go‟sht mahsulotlarida, sut va sut mahsulotlarida, tuxumda hamda bir qancha o‟simliklarda mahsulotlarida ko‟p bo‟ladi. Unga eng boy bo‟lgan mahsulot loviya va no‟xat hisoblanad
Magniy barcha hayotiy jarayonlarda ishtirok etadi. Ma‟lumki, tanadagi har bir a‟zo hujayralar yig‟indisidan iborat, anna shu hujayralarning har bir faoliyatida ham faol qatnashadi. Shuning uchun ham magniy yetishmasa asabiylashish, uyquning buzilishi, tez charchash, bosh og‟rig‟i, bosh aylanishi, ob-havo o‟zgarishiga sezgirlik, parishonxotrlik, yurakning tez urishi, 14 maromining buzilishi, me‟da-ichak tizimida og‟riq paydo bo‟lishi, ich ketishi va boshqalar yuzaga keladi.
MANBA
1. Almatov K.T. Odam va hayvonlar fiziologiyasi. Toshkent, «O‟zMU» nashriyoti, 2004 yil. 2. Aripova S.G.,Po`latova F.G. va boshq. Klinik va biokimyoviy tekshiruv usullari. Toshkent, 2007, 182 bet.