Pandemiya va undan keyingi sharoitda 0‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarida bakalavriat ta’lim yo'nalishlari talabalarining amaliyot o‘tashiga alohida e’tibor qaratilgan
KIRISH
Pandemiya va undan keyingi sharoitda 0‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarida bakalavriat ta’lim yo'nalishlari talabalarining amaliyot o‘tashiga alohida e’tibor qaratilgan. Amaliyot nazariya va amaliyot uyg'unligini ta’minlashda miihim ahamiyat kasb etadi. O'z navbatida, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashning asosiy omillaridan bin boiib, keyinchaiik talabalaming nazariy olgan bilimlarini amaliyot bilan bog‘laydi.
Ushbu amaliyot dasturi “Biotexnologiya ” bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 1-kurs talabalari uchun tayyorlangan bo‘lib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “0‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqida”gi Nizom talablari asosida ishlab chiqilgan.
Amaliyot dasturi 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27- iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g'risida”giPQ-3151-sonli, 2018 yil 5 iyundagi "Oliy ta’Em muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ulaming mamlakatda amalga oshirilavotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’sliimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3775-sonli Qarorlarlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan.
Malakaviy amaliyotlari tizimli ravishda o‘tkazilishini, shuningdek, ulaming amaliy mashg‘ulotlarini bevosita ishlab chiqarishda tashkillashtirish hamda bitiruvchilarni ishga joylashtirish bo‘yicha aniq choralar ko‘rish, ishlab chiqarish, ilm-fan va ta’lim o‘rtasida integratsiyani chuqurlashtirish shular jumlasidandir..
Talabalarning o‘quv-tanishuv amaliyoti to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq talabalar amaliyoti OTMlarning korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, firmalar, qo‘shma korxonalar va hokazolar bilan tuzgan shartnomalari asosida tashkil qilinadi. OTM da talabalarning o‘rgangan nazariy bilimlarini amalda qo‘llash imkoniyatining borligi nazariy bilimlarini har tomonlama amaliyotda sinab ko‘rish imkonini ham bermoqda.
Korxona to‘g’risida qisqacha ma’lumot
,,RADIKS'' ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi 2002- yil tashkil topgan.
Ayni paytda korxona ,,Oʻzfarmsanoat" davlat aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi farmasevtika sanoatidagi yetakchi korxonalardan biri hisoblanadi.Ishlab chiqarish hajmi yil sayin ortib,bugungi kunda 30 milliard soʻmga yetdi.Korxonada 7 ta asosiy ishlab chiqarish sexi mavjud.Ular quyidagilar: Tabletka, galen, surtma, infuzion, inyeksiya, antibiotiklarni quruq sochish, boʻsh ampulalar ishlab chiqarish kabi sexlardan iborat.
Barcha sexlar dori vositalari ishlab chiqarish va qadoqlash boʻyicha eng yangi ilgʻor texnologik liniyalar bilan jihozlangan.Ushbu sexlarda 400 dan ortiq ishchi mehnat qilmoqda.Bu yerda xodimlarning samarali mehnati va faoliyati uchun zamonaviy farmasevtika ishlab chiqarishi talablari asosida barcha qulaylik va sharoit yaratilgan.Kompaniyada malakali mutaxassislardan iborat yangi jamoa
mavjud.2014- yilda ishlab chiqarish hajmini 40- milliardga yetkazilgan.Buning uchun kompaniyada barcha imkoniyatlar mavjud.
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2019 yil 10 aprelda imzolagan “2019 – 2021 yillarda respublikaning farmatsevtika tarmog‘ini yana-da jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida 2022 yilning yanvar oyiga qadar barcha mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar “Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti” (GMP) talablariga muvofiqlik bo‘yicha sertifikatlashtirilishi lozimligi belgilangan.