Pandemiya va undan keyingi sharoitda 0‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarida bakalavriat ta’lim yo'nalishlari talabalarining amaliyot o‘tashiga alohida e’tibor qaratilgan


Ishlab chiqarish korxonalari (Laboratoriya) da texnik kimyoviy nazorat



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə6/6
tarix15.10.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#130250
1   2   3   4   5   6
Ergasheva

Ishlab chiqarish korxonalari (Laboratoriya) da texnik kimyoviy nazorat
Biz amaliyot oʻtash jarayonida 10 mg li Bisoprolol tabletkasini tayyorlanish jarayoni bilan tanishib chiqdik.
Oʻzi Bisoprolol tabletkasi yurak qon-tomir sistemasi kasalliklarida,qon bosimini tushiruvchi dori vositasi sifatida qoʻllaniladi.Unga aniq dozalash koʻrsatkichi qoʻyilgan ya'ni 10 mg.Biz bu dori vositasini tayyorlash uchun avvambor korxona ichki hujjatlaridan farmakopiya maqolalari, instruksiya yoʻriqnomalari va instruksiya tashish hujjatlari bilan tanishib, bisoprolol tabletkasi uchun qaysi kimyoviy moddalardan qancha va qay tartibda tayyorlanishi bilib oldik.
Bisoprolol tabletkasi tayyorlanash uchun kerak boʻladigan asosiy tarkibi: bisoprolol fumarat,
Yordamchi moddalar: magniy stearati, laktoza, kolloid kremniy dioksidi , krospovidon, makkajo'xori kraxmal, mikrokristalin sellyuloza va sayqallantiruvchi yordamchi moddalardan kalsiy yoki magnit stearatdan foydalanishi koʻrdik.
Bu yordamchi moddalardan qancha va qay tarzda qoʻshish kerakligini maxsus instruksiya yoʻriqnoma hujjatlari orqali koʻrib tekshirib oldik.
Ishni boshlashdan oldin bisoprolol tabletkasi uchun kerak boʻlgan asosiy va yordamchi moddalarni tarozida tortib olib, maxsus razmerli elaklarda ya'ni vibnisitalarda ekanman holatini koʻzdan kechirdik. Bundan tashqari dori vositalarini simisitil apparatida yaxshilab maxsus massa hosil boʻlguncha aralashtirilishini kuzatdik.Keyin tayyor massani namlantiruvchi moddalar yordamida namlab, vlajniy granulatsiya massasi hosil qilindi.Yiriqroq vlajniy granulatsiya massasini maydaroq oʻlchamli setkadan oʻtkazib, ya'ni vlajniy granulatsiya qilib, undan keyin esa quritish apparatiga mavhum qaynash qatlami hosil boʻlguncha quritish apparatida quritib, quruq massani suxoy granulatsiyalash quritib, va undan keyingi bosqichlarda sayqal beruvchi apparatlarda foydalangan holatda sayqallanib massa tayyorlanishini kuzatdik.
Bisoprolol 10 mg tabletkasi fasovkalash jarayoni blestrlash apparatida amalga
oshirilishini kuzatdik. Bisoprolol tabletkasini fasovka jarayoni ya'ni maʼlum bir shakl berish jarayonida tabletkaga oʻzini instruksiya tashish yoʻriqnomalari orqali kerakli sredney massani hosil qilishini va bundan tashqari tabletkaning balandligi, ogʻirligi, oʻlchamlarini hisobga olinishini koʻzdan kechirdik va bu koʻrsatkichlardan tashqari granula yirikligi ham koʻzdan kechirildi, namlik koʻrsatkichlari tekshirilgandan keyin tabletkalash jarayoni boshlandi.Bu jarayonni boshlashda zamonaviy GMP talablariga mos apparatlarda amalga oshirildi va ularni har bir chiqish bosqichlarini maxsus tayinlangan kontrolyor nazorati ostida va operator nazorati ostida tabletkalarni chiqishini kuzatdik. Tabletkalash jarayonida boshlangʻich nazorat texnolog nazorati ostida va mexanik texnik uskunalarni yigʻib bergan holatda ish jarayonini boshladik.
Bisoprolol 10 mg li tabletkasini qadoqlash jarayoni bilan tanishdik va bu jarayonda bevosita ishtirok etdik.
Bu jarayon asosan blister apparatida amalga oshirilar ekan. Blister apparatida qadoqlanayotgan paytda har bitta blisterga nechta tabletka ketishi hisobga olinar ekan. Tabletkalarning formalari qay darajada katta kichik boʻlishi kerakligi va har bitta blister maxsus belgilangan miqdorda tabletkalar bilan toʻlgan toʻlmaganligini koʻzdan kechirish lozim ekan. Bu jarayon ham kontrolyor va operator boshchiligida jarayon borishini koʻzdan kechirdik. Har bitta chiqayotgan blister tabletkalar bilan toʻlganligi bilan bir qatorda blisterga urilgan seriya, ishlab chiqarish sanasi, yaroqlilik muddati toʻgʻri urilganligiga qat'iy e'tibor berishimiz zarur ekanligi aytib oʻtildi.
Bundan tashqari upakovka jarayonida blister va falga qismlari bir- biriga yaxshi yopishganligini, yaxshi forma berib silliq boʻlishi, siniq tabletkalarni blisterga joylanib qolmasligi, sifat nazoratiga toʻgʻri kelmaydigan ya'ni siniq, konsistensiyasi yumshoq , blister bilan falga yaxshi yopishmagan, seriyasi, ishlab chiqarilgan sana yoki yaroqlilik muddati toʻgʻri urilmagan holatdagi dori vositalarini kontrol olib tashlashi va qayta ishlashga joʻnatishi zarur ekanligi aytib oʻtildi.
Bisoprolol 10 mg tabletkasini qadoqlash jarayonida upakovkachi xodimlar va kontrol nazoratchi yordamida borishini kuzatdik.
Har bitta dori vositalarini qadoqlayotganda har bitta tabletka tekshirilib, kamchiligi boʻlmagan, seriya va ishlab chiqarish sanasi , yaroqlilik muddati toʻgʻri koʻrsatilgan tabletkalar maxsus ,,Radiksʼʼ ramzi tushirilgan maxsus penallarga koʻrsatilgan ma'lum miqdorda solinib,ichiga instruksiya tashish yoʻriqnomalari solib qadoqlanadi.
Talabga javob bermaydigan tabletkalar brak mahsulot hisoblanib, qayta ishlashga yuboriladi. Qadoqlanish tugagandan soʻng korxonadagi maxsus agregatsiya apparatlari yordamida agregatsiya qilinayotgan ekan. Ya'ni bu tabletka penallariga urilgan maxsus Qr-kod larni skaner qilib maxsus bazaga kiritilar ekan, soliqga kiritilgan holda mahsulotlarni sifatini mustahkamlashga yordam berilar ekan.Uning yana muhim jihati shundan iborat ekanki, ishlab chiqarilayotgan dori vositalari noqonuniy savdosiga chek qoʻyilishi va sifat nazoratini taʼminlash uchun maxsus Qr-kod lar yordamida amalga oshirilishini kuzatdik.
Bu jarayonda bevosita ishtirok etib,qanday bazaga joylanishi haqida xodimlardan maʼlumotlarni bilib oldik.
Qr-kodlarni skaner qilib boʻlgandan soʻng, karopka ustida maxsus bazaga joylashgan seriya yopishtiriladi va bisoprolol tabletka haqida maʼlumot, seriya , ishlab chiqarish sanasi va yaroqlilik muddati urilgan maxsus qogʻozlar maxsus yopishtirgichlar yordamida karopkaga yopishtirilib, labaratoriyaga joʻnatilar ekan.
Labaratoriya xonasida bu tabletka mahsulotlaridan ekma tayyorlanib ulardan zamburugʻ, bakteriyalar oʻsib chiqmasligiga qarab, keyin ularni maxsus sterillash xonalarida sterillab, saqlash uchun maxsus xonalarga joʻnatilishini kuzatdik.
Biz amaliyot jarayonida yana bir kapsulani ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishib chiqdik.
Levoflaksatsin 500 mg kapsulasini tayyorlanish,kapsula tayyor massani solish jarayoni bilan tanishib chiqdik.
Levoflaksatsin kapsulasini tayyorlanish jarayoni bilan tanishib chiqdik.Asosan bu
jarayonni amalga oshirilishi levoflaksatsin asosiy tarkibi hisoblangan levoflaksatsin Substratsi, yordamchi moddalardan laktoza, kraxmal va sayqal beruvchi sifatida kalsiydan foydalanishini koʻzdan kechirdik. Har bitta jarayon standartlarga mos ravishda amalga oshirilishini kuzatdik.
Levoflaksatsin kapsulasini tayyorlanish jarayonida asosiy va yordamchi moddalar tarozida tortilib, maxsus vibrasita elaklardan oʻtkazilib, aralashtirgich hisoblangan simisitil apparatida aralashtirilib, namlantiruvchi vositalar yordamida namlantirilib, vlajniy granulatsiya jarayonida yirik granulalar ajratilib, quritish apparatlarida quritiladi.
Quritilgan massani suxoy granulatsiyalash apparatida qayta maydalanib, sayqallash apparatida stearatlar yordamida sayqallanadi va mahsulot tayyor holatga keltirilishini kuzatdik.
Levoflaksatsin kapsulasini tayyorlanish jarayonida asosiy va qoʻshimcha komponentlardan qoʻshish kerakligini maxsus instruksiya tashish yoʻriqnomalari orqali koʻrib, shunga asosan amalga oshirdik.

Xulosa
Men “Radiks” MCHJ korxonasida tanishuv amaliyotini oʼtganimdan juda xursandman . Korxona menga juda yoqdi . Men korxonaning tabletka ishlab chiqarish sexida amaliyot oʻtadim.Bu yerda biz turli xildagi tabletkalar va kapsulalar ishlab chiqarish, qadoqlash jarayonlari bilan tanishib chiqdik. Jumladan, bisoprolol, levoflaksatsin, nimetsil, loringosept kabi bir qator tabletka ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashib, ular haqidagi maʼlumotlarga ega boʻldik.


Ishchi xodimlarning bizga munosabati xam juda iliq va kotarinki kayfiyatda bizni kutib olishardi . Aynan tanishuv amaliyoti bolganligi uchun korxonaning barcha boʻlimlari bilan tanishtirib chiqishdi . Biz uchun korxonadan biriktirilgan Ibrohim aka xam barchamizga yaxshi kayfiyatda xar kuni oz ish joyimizga kuzatib qoydilar . Aynan “ Radiks “ MCHJ korxonasini amaliyot joyi sifatida tanlaganimdan afsuslanmadim . Keyingi amaliyotlarda xam barchamizga yana kelishimizni soʻrashdi . Yaxshi ishlaganimiz uchun “A’lo” baho oldik.







Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin