"chuvalchanglar" – mustaqil ravishda, ya’ni boshqa dasturlarga suqilib
kirmasdan o‘z nusxalarini tizimda ko‘paytirish va bajarish imkoniyatiga ega
bo‘lgan buyruqlar ketma-ketligdan iborat kod.
Viruslar odatda tarmoq bo‘g‘inlari doirasida mahalliy ravishda tarqaladilar.
Ularnig tarqalishlari uchun virus yuqqan faylni jo‘natish buyrug‘i kabi tashqi
yordam zarur. "Chuvalchanglar" esa, aksincha o‘zlari mustaqil ravishda
tarmoq bo‘yicha sayohat qiladilar va o‘z ta’sirlarini o‘tkazadilar.
Ba’zida ziyon yetkazuvchi dastur tarqalishi bilan birga resurslarni agressiv
ishlatib, boshqa foydali dasturlar ishiga halaqit beradi. Masalan, chuvalchanglar
tarmoqning
o‘tkazish
yo‘lakchasini
bo‘g‘ib,
boshqa
ma’lumotlarning
uzatilishiga to‘sqinlik qiladilar.
Normal holda ishlaydigan dastur ko‘rinishida ziyon yetkazishga
mo‘ljallangan dasturlar ham tarqatiladi. Bunday dasturlar troyan dasturlari deb
ataladi. Masalan, virus bilan zararlangan oddiy dastur troyan dasturiga aylanadi.
Qurilmalarni yoki tashqi xotira vositalarini o‘g‘irlash ham axborotga
bo‘ladigan tahdidlarga kiradi.Ko‘pgina hollarda disklarni, xattoki portativ
kompyuterlarniqarovsiz qoldirilishi undagi ma’lumotlarning yo‘qotilishga olib
keladi.
O‘z vakolatini suiste’mol qilish natijasida ham axborotga tahdid solinishi
mumkin. Masalan, tizim administratori o‘z vakolati doirasida boshqa
foydalanuvchilar fayllariga, pochta qutisiga kirish imkoniga ega bo‘ladi. Bu esa
ba’zi hollarda noxush oqibatlarga olib keladi.
118
Axborot munosabatlari subyektlariga jiddiy zarar yetkazuvchi asosiy
tahdidlar mana shulardir.