21
Obyektlar —
tizimning bir bo‘lagi yoki komponentlari bo‘lib, jismoniy,
matematik o‘zgaruvchan tenglamalar, qoida va qonunlar, texnologik jarayonlar,
axborot jarayonlari, ishlab chiqarish bo‘linmalari kabi ko‘plab cheklanmagan
qismlarga ega.
Xususiyatlar —
bu obyektning sifatini ifodalovchi parametrlardir.
Xususiyat tizimning ma’lum bir o‘lchamga ega obyektlarini bittalab miqdoriy
jihatdan bayon etish imkonini beradi. Obyektlarning xususiyatlari tizim harakati
natijasida o‘zgarishi mumkin.
Bog‘lanishlar (aloqalar)
obyektlar va ularning xususiyatlarini tizim
jarayonida yagona yaxlitlikka birlashtiradi. Bunda barcha tizim elementlarining
kenja tizimlari va tizimlar o‘rtasida aloqa bo‘lishi nazarda tutiladi. Ayrim
umumiy qonuniyatlar, qoidalar yoki tamoyillar bilan birlashuvchilar o‘rtasida
aloqaning mavjud bo‘lishi tizimning asosiy tushunchasi sanaladi. Boshqalar
bilan biror-bir aloqaga ega bo‘lmagan element ko‘rib chiqilayotgan tizimga
kirmaydi.
Dostları ilə paylaş: