— soxtalashtirish — ham jarayon sanalib, uning yordamida g‘arazli shaxslar
tizimda hisobga olinmagan vaziyatlarni o‘rganib, undagi kamchiliklarni aniqlab,
keyinchalik o‘ziga kerakli harakatlarni bajarish maqsadida tizimga qandaydir
soxta jarayonni yoki tizim va boshqa foydalanuvchilarga soxta yozuvlarni
yuboradi.
4. Kompyuter ma’lumotlarini himoyalash vositalari Zamonaviy kompyuter stenografiyasi. Ruxsat etilmagan kirishdan axborotni
ishonchli himoyalash muammosi eng ilgaritdan mavjud va hozirgi vaqtgacha hal
qilinmagan. Maxfiy xabarlarni yashirish usullari qadimdan ma’lum, inson
faoliyatining bu sohasi stenografiya degan nom olgan. Bu so‘z grekcha Steganos (maxfiy, sir) va Graphy (yozuv) so‘zlaridan kelib chiqqan va «sirli yozuv»
degan ma’noni bildiradi. Stenografiya usullari, ehtimol, yozuv paydo
bo‘lishidan oldin paydo bo‘lgan (dastlab shartli belgi va belgilashlar
qo‘llanilgan) bo‘lishi mumkin.
Axborotni himoyalash uchun kodlashtirish va kriptografiya usullari
qo‘llaniladi.
Kodlashtirish deb axborotni bir tizimdan boshqa tizimga ma’lum bir belgilar
yordamida belgilangan tartib bo‘yicha o‘tkazish jarayoniga aytiladi.
120
Kriptografiya deb maxfiy xabar mazmunini shifrlash, ya’ni ma’lumotlarni
maxsus algoritm bo‘yicha o‘zgartirib, shifrlangan matnni yaratish yo‘li bilan
axborotga ruxsat etilmagan kirishga to‘siq qo‘yish usuliga aytiladi.