Stenografiyaning kriptografiyadan boshqa o‘zgacha farqi ham bor. Ya’ni
uning maqsadi — maxfiy xabarning mavjudligini yashirishdir. Bu ikkala usul
birlashtirilishi mumkin va natijada axborotni himoyalash samaradorligini
oshirish uchun ishlatilishi imkoni paydo bo‘ladi (masalan, kriptografik kalitlarni
uzatish uchun).
Kompyuter
texnologiyalari
stenografiyaning
rivojlanishi
va
mukammallashuviga yangi turtki berdi. Natijada axborotni himoyalash sohasida
yangi yo‘nalish — kompyuter stenografiyasi paydo bo‘ldi.
Global kompyuter tarmoqlari va multimedia sohasidagi zamonaviy progress
telekommunikatsiya kanallarida ma’lumotlarni uzatish xavfsizligini ta’minlash
uchun mo‘ljallangan yangi usullarni yaratishga olib keddi. Bu usullar shifrlash
qurilmalarining tabiiy noaniqligidan va analogli video yoki audio-signallarning
serobligidan foydalanib, xabarlarni kompyuter fayllari (konteynerlar)da
yashirish imkonini beradi. Shu bilan birga kriptografiyadan farqli ravishda bu
usullar axborotni uzatish faktining o‘zini ham yashiradi.
K.Shennon sirli yozuvning umumiy nazariyasini yaratdiki, u fan sifatida
stenografiyaning bazasi hisoblanadi. Zamonaviy kompyuter stenografiyasida
ikkita asosiy fayl turlari mavjud: yashirish uchun mo‘ljallangan xabar-fayl, va