Axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarining rivojlanishi oqibatida
ko‘pgina axborotni himoyalash instrumental vositalari ishlab chiqilgan. Ular
dasturiy, dasturiy-texnik va texnik vositalardir.
Hozirgi kunda tarmoq xavfsizligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan
texnikaviy vositalarni quyidagicha tasniflash mumkin:
Fizikaviy himoyalash vositalari — maxsus elektron qurilmalar yordamida
ma’lumotlarga egalik qilishni taqiqlash vositalaridir.