136
masalan, Internet uchun, asosiy ma’lumotlarni va MBlarini xotirasida saqlab,
bevosita ma’lumot almashuvini ta’minlashi va korxona tizimiga kirishini
taqiqlashi mumkin.
Lekin Fire Wall tizimlarining kamchiliklari ham mavjud, masalan, e-mail
orqali dasturlar jo‘natilib, ichki tizimga tushgandan so‘ng o‘zining qora
niyatlarini bajarishida ushbu himoya ojizlik qiladi.
Fire Wall sinfidagi tizimlarning asosiy qismi tashqi hujumlarni qaytarish
uchun mo‘ljallangan bo‘lsa ham, hujumlar ularning 60 foizi kuchsiz ekanligini
ko‘rsatdi. Bundan tashqari, Fire Wall zabt etilgan serverning ishlashiga qarshilik
ko‘rsata olmaydi.
Shu bois, Internet tizimida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha quyidagi
o‘zgarishlar kutilmoqda:
• Fire Wall tizimlarining bevosita xavfsizlik tizimlariga kiritilishi;
• tarmoq protokollari bevosita foydalanuvchilarni huquqlarini aniqlovchi,
xabarlarning yaxlitligini ta’minlovchi va ma’lumotlarni shifrlovchi
dasturiy imkoniyatlaridan iborat bo‘lishlari. Hozirgi kunda ushbu
protokollarni yaratish bo‘yicha anchagina ishlar olib borilmoqda. SKIP
protokoli (Simple Key management for Internet Protocol — Internet
protokollari uchun kriptokalitlarning oddiy boshqaruvi) shunga misol
bo‘la oladi.
Dostları ilə paylaş: