Tizimlar tasnifi. Tizimlarni qiyoslash va farqlash, ularning bir-biriga
o‘xshashlari va farqlilarini ajratish orqali tasniflash amalga oshiriladi.
Tasniflash — bu faqat borliq modeli va uni turli belgilar, ya’ni, kirish va
chiqish jarayonlarining bayoni, ularning kelib chiqishi, boshqaruv turi,
boshqaruvning resurslari bilan ta’minlanganligi va hokazo bo‘yicha amalga
oshirish mumkin. Bizni tizimning kelib chiqishi bo‘yicha tasniflash qiziqtiradi.
Sun’iy tizimlar — bu inson tomonidan yaratilgan tizimlardir.
Tabiiy tizimlar bu tabiatda yoki jamiyatda inson ishtirokisiz yuzaga kelgan
tizimlar.
Aralash tizimlar tabiiy va sun’iy tizimlarni o‘z ichiga oladi.
Ergonomik tizimlar — bu, «mashina — inson — operator» majmui.
Biotexnik tizimlar — tirik organizmlar va texnik qurilmalar kiradigan
tizimlardir.
Tashkiliy tizimlar — bu, zaruriy vositalar bilan jihozlangan kishilar
jamoasidan tashkil topgan tizimlar sanaladi.