25
Axborot tizimi deb ma’lumotlarni to‘plash, saqlash, izlash, qayta ishlash
va uzatishning qo‘yilgan maqsadga olib boruvchi vositalari, metodlari va
personalning o‘zaro bog‘liq majmuasiga aytiladi.
O‘zbekiston Respublikasida 2003 yil 11 dekabrda qabul qilingan
“Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunda axborot tizimiga quyidagicha ta’rif
berilgan: «Axborot tizimi - axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov
berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga
solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari».
Demak, axborot tizimi deb qo‘yilgan maqsadga erishish uchun axborotni
to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini
beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot
texnologiyalari va aloqa vositalari hamda personalning o‘zaro bog‘liq
majmuasiga aytiladi.
Axborot tizimlarining rivojlanish bosqichlari 1.1-jadvalda aks
ettirilgan.
1.1-jadval. Axborot tizimlarining rivojlanish bosqichlari
Dostları ilə paylaş: