boshdaruv tizimi sifatida belgilanadi.
Boshqariladigan
obyekt
kirish
oqimlarini
(masalan,
xom-ashyo,
materiallar) chiqish mahsulotlariga (tayyor mahsulot) aylantirish bo‘yicha
operatsiyalar yig‘indisini bajaradi.
Boshqaruvchi qism oldiga qo‘yilgan maqsadga erishish jarayonida
boshqariluvchi obyektni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan operatsiyalar
yig‘indisini bajaradi.
Axborot konturi. Boshqaruvchi qism boshqariluvchi jarayonga muayyan
ta’sir ko‘rsatadi. Boshqaruvchi qism boshqaruvni amalga oshirishi uchun unga
boshqariladigan jarayonni boshqarish maqsadida aniq holatini qiyoslash talab
etiladi, chunki shu bois boshqariladigan jarayon boshqaruvchi qismga ta’sir
ko‘rsatadi. Ikkala qismning bir-biriga o‘zaro ta’siri axborotni uzatish shaklida
amalga oshiriladi. Shu tariqa boshqaruv tizimida doimo yopiq axborot konturi
mavjud bo‘ladi.