5. Me’yorlashtirish — tizimning xususiyatlarini ifodalovchi statistik
ma’lumotlarni doimiy ravishda yig‘ish va ular asosida tizimning bir me’yorda
faoliyat ko‘rsatishini ta’minlab turish.
6. Hisobga olish boshqariladigan obyekt va tashqi muhit parametrlari
majmuini qayd etishdan iborat. U yana keladigan ma’lumotlarni dastlab qayta
ishlash, jumladan, tasniflash, guruhlash va hokazo arifmetik hamda mantiqiy
operatsiyalarni o‘z ichiga oladi.
7. Nazorat qilish — boshqariladigan obyektlarning me’yorida ishlashidan
chalg‘ishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mazmunini aniqlashdan iborat.
8. Boshqarish — tasodifiy ta’sirlar sababli tizim ishining me’yoriy rejasidan
chetlashishini bartaraf etash maqsadida qaror qabul qilish, ya’ni qayta aloqa
asosida tuzatish, olinadigan samaraning sifat va miqdor o‘lchovlari o‘zgarishiga
ko‘ra boshqariluvchi obyektga ta’sir ko‘rsatishidir.