45
Operativ bo‘g‘in axborot tizimi ijrochi-mutaxassislarni ular faoliyatidagi bitimlar
va hodisalar (hisoblar, buyurtmalar, maosh, kredit, xom-ashyo va materiallar oqimi)
haqidagi ma’lumotlarni qayta ishlash asosida qo‘llab-quvvatlaydi.
Ushbu bo‘g‘in axborot tizimining vazifasi – firmadagi bitimlar oqimini kuzatish
va joriy holat bo‘yicha so‘rovlarga javob olish. Bunday vazifani bajarish uchun axborot
tizimi ochiq va qulay bo‘lishi bilan birga aniq va ishonchli axborotni yetkazib berishi
kerak.
Operativ bo‘g‘indagi masala, vazifalar va ularda foydalaniladigan axborot
manbalari oldindan strukturalashtirilgan. Masalani yechish ishlab chiqilgan algoritm
asosida yaratilgan dasturlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Operativ bo‘g‘in axborot tizimi firma bilan tashqi muhitni bog‘lovchi zveno
hisoblanadi. Agar tizim yomon ishlasa, tashkilot tashqi muhitdan axborot ololmaydi
yoki kerakli axborotni yetkazib berolmaydi. Undan tashqari axborot tizimi tashkilotning
boshqa turdagi axborot tizimlari uchun kerakli axborotni yetkazib beradi, chunki uning
tarkibida operativ axborotlar, arxiv ma’lumotlari saqlanadi.
Bunday axborot tizimini hisobga olmaslik qaytarib bo‘lmaydigan salbiy holatlarga
olib keladi.
Dostları ilə paylaş: