2. Axborot-ma’lumotnoma tizimi (AMT) ko‘p jihatdan foydalanuvchilar
so‘roviga binoan iqtisodiy, texnik yoki texnologik mazmundagi axborotni
berish, yig‘ish va saqlashga mo‘ljallangan. Aytish mumkinki, axborot-
ma’lumotnoma tizimi raqamli yoki matnli konkretlashtirilgan ma’lumotlar bilan
ishlashga qaratilgan. So‘rovning turiga va shakliga ko‘ra natijani qanday taqdim
etishni belgilaydi. So‘rov natijalari standart ma’lumotnoma shaklida berilishi
mumkin yoki foydalanuvchining xohishiga ko‘ra uning so‘rovini qayta ishlash
davomida ixtiyoriy ko‘rinishda loyihalashtirilishi mumkin.