65
asbob-uskuna vositalari texnologiya tarkibi uchun alohida ahamiyat kasb etadi.
Asbob-uskuna vositalarining mavjudligi (yoki bo‘lmasligi) tayyor mahsulot
ko‘rinishida natijalar olish uchun zarur bo‘lgan texnologik operatsiyalar
ro‘yxatini belgilaydi. Agar uni yaratish bo‘yicha belgilangan barcha funksiyalar
amalga oshirilsa (asbob-uskuna vositalari yordamida yoki ularni qo‘llamasdan),
amalda o‘sha buyumni olish texnologiyasini ishlab chiqish mumkin. Aksincha,
ayrim funksiyalar bajarilmasa yoki mavjud asbob-uskunalar bilan uni bajarish
o‘ta murakkab bo‘lsa, u holda tegishli operatsiyani bajara oladigan asbob-
uskunalarni yaratish vazifasi qo‘yiladi yoki bunday texnologiyani yaratish
imkoniyati yo‘qligi haqida qaror qabul qilinadi. Moddiy ishlab chiqarish
texnologiyasi deganda tayyorlash, qayta ishlash vositalari va usullari orqali
belgilanadigan xom ashyo, material holati, xususiyati va shaklining o‘zgarish
jarayoni tushuniladi. Texnologiya moddiy mahsulot olish maqsadida
materialning sifati yoki boshlang‘ich holatini o‘zgartiradi.
Dostları ilə paylaş: