Zamonaviy axborot texnologiyalari Hozirgi zamon jamiyatida axborotlarni qayta ishlashning asosiy texnik
vositasi sifatida texnologik jarayonlarni yaratish va ulardan foydalanish
konsepsiyasiga hamda qayta ishlash natijalarining sifati, ishonchligiga yetarli
darajada ta’sir ko‘rsatgan shaxsiy kompyuter ishlatiladi. Shaxsiy kompyuterning
axborotlashtirish jarayoniga tatbiq etilishi va telekommunikatsion vositalardan
aloqa vositalari sifatida foydalanish axborot texnologiyalari rivojlanishining
yangi bosqichiga yo‘l ochib berdi. Buning natijasida axborot texnologiyasi
atamasi “zamonaviy” bilan birgalikda “zamonaviy axborot texnologiyasi”,
“zamonaviy kompyuter texnologiyasi” yoki “yangi axborot texnologiyasi” kabi
iboralar shakllandi.
“Zamonaviy” so‘zi bunday texnologiyaning evolyutsion emas, balki
novatorlik (yangilik) tavsifga ega ekanligini ko‘rsatadi. Zamonaviy axborot
texnologiyasi
tushunchasiga
axborotlarni
uzatishni
ta’minlovchi
kommunikatsion texnologiyalari, ya’ni telefon, telegraf, telekommunikatsiya,
faks va boshqa shu kabi qurilmalar ham kiradi. Zamonaviy axborot
texnologiyasi
–
shaxsiy
kompyuterdan
keng
foydalanishga,
foydalanuvchilarning (dasturlash bo‘yicha mutaxassis bo‘lmaganlar) axborot
jarayonida faol ishtirokiga, «do‘stona» foydalanuvchi interfeysining yuqori
darajada bo‘lishiga, umumiy va muammo mazmunidagi amaliy dasturlar
paketidan
keng
foydalanishga,
EHM
hisoblash
tarmoqlari
tufayli
ma’lumotlarning uzoqdagi bazalariga kirib borish imkoniyatiga asoslangan
texnologiyalardir.
Zamonaviy axborot texnologiyalarining uchta asosiy tamoyillari quyidagilar:
• kompyuter bilan interaktiv (muloqot) rejimida ishlash;
68
• boshqa dasturiy mahsullar bilan integratsiyalashuvning mavjudligi
(birlashtirish, o‘zaro bog‘liqlik);
• qo‘yilgan masala va berilgan ma’lumotlarni o‘zgartirish jarayonining
qulayligi.