Axborot texnologiyalari vositalari va uskunalari Moddiy ishlab chiqarishda texnologik jarayonlar dastgohlar, qurilmalar,
asboblar, konveyer liniyalari kabi texnik vositalar yordamida amalga oshiriladi.
Xuddi shunga o‘xshash axborot texnologiyalarida ham o‘ziga xos
apparat, dasturiy va matematik ta’minot asosida texnologik jarayonlar
amalga oshiriladi. Ular yordamida birlamchi axborotlar qayta ishlanib,
sifat jihatidan o‘zgartirilgan axborotlar –hisobotlar hosil qilinadi.
Axborot texnologiyalarining apparat ta’minoti – kompyuterlar,
periferiya va yordamchi qurilmalar, aloqa-kommunikatsiya vositalari.
Dasturiy ta’minot – muayyan turdagi kompyuterlarda qo‘yilgan
maqsadga erishish imkonini beruvchi, texnologik jarayonlarda
ishlatiluvchi bir yoki yoki bir necha o‘zaro bog‘langan dasturiy
mahsullardir.
Shaxsiy kompyuter uchun yaratilgan matn muharriri, jadval protsessori,
ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari, nashriyot tizimlari, elektron
kalendarlar, funksional axborot tizimlari (moliyaviy, buxgalteriya, marketing va
shu kabilar) dasturlari, ekspert tizimlari dasturlari dasturiy ta’minotga misol
bo‘la oladilar.