69
jarayonidir. Axborot texnologiyasining asosiy maqsadi – birlamchi axborotlarni
maqsadga yo‘naltirilgan amallar bajarish asosida foydalanuvchi ehtiyojini
qondiradigan, zarur axborot olishdir.
Axborot tizimi kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, dasturiy mahsullar,
ma’lumotlar bazalari, odamlar, turli xildagi texnik va dasturiy vositalar va shu
kabi tashkil etuvchilardan iborat muhitdir. Axborot tizimining asosiy maqsadi
axborotlarni saqlash, qayta ishlash va uzatishni tashkil etishdir. Axborot tizimi
axborotlarni qayta ishlashning inson-kompyuter tizimidir.
Axborot tizimi funksiyalarini unga mos bo‘lgan axborot texnologiyalariga
oid bilimlarsiz tatbiq etish mumkin emas. Axborot texnologiyasi axborot tizimi
muhitidan tashqarida ham mavjud bo‘lishi mumkin.
Axborot texnologiyasi boshqa texnologiyalar kabi quyidagi talablarga javob
berishi kerak:
• axborotni qayta ishlash jarayonini yuqori darajada bosqichlar,
operatsiyalar, amallarga ajralishini ta’minlashi;
• maqsadga erishish uchun zarur bo‘lgan elementlar to‘plamini o‘z ichiga
olishi;
• muntazam xarakterga ega bo‘lishi kerak. Bosqichlar, amallar, operatsiyalar
axborot jarayonlarini unumli boshqarishda standartlashtirilishi va unifikatsiya
qilinishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: