94
sinfi, foydalanuvchining interfeys turi, EHM tarmog‘idan foydalanish variantlari
va hokazo xususiyatlariga ko‘ra klassifikatsiyalash mumkin.
AATni amalga oshirish usuliga ko‘ra, avtomatlashtirilgan axborot tizimida
an’anaviy ravishda yuzaga kelgan yangi axborot texnologiyalari ham ajratib
ko‘rsatiladi. Agar an’anaviy AAT birinchi galda ma’lumotlarni markazlashgan
holda qayta ishlash sharoitiga mo‘ljallangan bo‘lsa, ShKdan ommaviy
foydalanishga
o‘tish
esa
mashaqqatli
ish
hajmini
yengillashtirishga
mo‘ljallangan. Amalga oshirish usuliga ko‘ra AAT lar On-Line rejimida
ishlovchi va Off-Line rejimida ishlovchi turlarga ajraladi. On-Line rejimida
ishlovchi AAT larda ma’lumotlar shakllanishi zahotiyoq (real vaqt oralig‘ida)
tizimga kiritilishi, qayta ishlanishi va hisobotlari tegishli bo‘g‘inlarga uzatilishi
amalga oshiriladi. Off-Line rejimida ishlovchi AATlarda ma’lumotlar
shakllanib bo‘lgan vaqtdan ancha keyin ham (1 kundan, 1 haftadan keyin ham)
tizimga kiritilishi, qayta ishlanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: