http://www.ecitizen.gov.sg/ ) murojaat qilib, hukumatning u yoki bu idorasi
faoliyati haqidagi o‘zlariga kerakli ma’lumotlarni olishlari bilan birga, uzlari
uchun kerakli amallarni (to‘lovlarni to‘lash, guvohnomalar, litsenziyalarni
rasmiylashtirish) ham bajarish imkoniyatlari yaratilgandir.
Elektron hukumat /e-government/ – ma’lumotlarni elektron ko‘rinishda
qayta ishlash, uzatish va tarqatish asosida davlat boshqaruvini amalga oshirish
tizimidir.
Elektron hukumat boshqaruv faoliyatidagi ichki va tashqi aloqalarni,
jarayonlarni zamonaviy axborot – kommunikatsiya texnologiyalari asosida
qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydigan hukumatdir.
Elektron hukumat davlat hokimiyati boshqaruvining yangi shakli bo‘lib,
unda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan
holda fuqarolar (pensionerlar, ishchi-xizmatchilar, ishbilarmonlar, davlat
xizmatchilari va boshqalarga) va tashkilotlar uchun davlat organlari faoliyati
natijalri haqida qulay usulda tezkor, sifatli va ishonchli axborot xizmatlari
ko‘rsatish amalga oshiriladi.