keltiruvchi dasturlarni yaratish, ishlatish yoki tarqatish » nomli
278/ 6-modda.
2. Axborot xavfsizligining asosiy tashkil etuvchilari
Axborot xavfsizligi deb ma’lumotlarni yo‘qotish va o‘zgartirishga
yo‘naltirilgan tabiiy yoki sun’iy xossali tasodifiy va qasddan ta’sirlardan har
qanday tashuvchilarda axborotning himoyalanganligiga aytiladi.
Axborot xavfsizligi deb axborot tizimida tasodifiy yoki g‘arazli ravishda
axborot egasiga yoki uning foydalanuvchisiga ziyon yetkazuvchi xurujlardan
himoyalanganlikka aytiladi. Axborotga yoki uning infrastrukturasiga nisbatan
amalga oshiriladigan xurujlar tabiiy yoki sun’iy ravishda bo‘lib, ular axborot
orqali munosabatda bo‘lgan subyektlarga juda katta zarar yetkazishi mumkin.
Axborot xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarning majmui