Mavzu: fonetika. O’zbek tilining tovush tizimi



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix01.01.2022
ölçüsü0,83 Mb.
#106581
1   2   3   4
Sobirova A 1-Mavzu

tovushlari deyiladi. Fonetikaning vazifasi ana shu

nutq tovushlarini o'rganish bilan chegaralanadi




Tovush hosil qilishda ishtirok etadigan nutq a'zolarining jamiga

nutq apparati deyiladi. Nutq apparatini tashkil qiladigan a'zolar: 

lablar, tishlar, til, tanglay, kichik til, xalqum (frinks), og'iz

bo'shlig'i, burun bo'shlig'i, bo'g'iz, kеkirdak (traxeya), bronxlar

(o'pka va unga tutashadigan ikki diafragma), tovush paychalari va

h.k. Bularning barchasini tovush hosil qiluvchi nutq a'zolari

deyish shartli, chunki aslida bo'larning har biri tovush hosil qilish

uchun emas, balki insonga biologik vazifalarni (nafas olish, ta'm

bilish, hidlash kabi) bajaruvchi fiziologik a'zolardir. Ularning

tovush hosil qilish faoliyati esa inson tomonidan ular ustiga

qo'yilgan qo'shimcha yukdir.



• Nutq tovushlarini hosil qilishning manbai yoki harakatlantiruvchi kuchi

og'iz va burun bo'shlig'iga bo'g'iz va traxeyalar orqali o'tayotgan, o'pkadan

chiqayotgan havo oqimidir.

• Tovush hosil qilish yoki lingvistik xususiyatiga ko'ra nutq apparatini uch

qismga bo'lish mumkin: 1) bo'g'izdan quyi tomondagi barcha nutq a'zolari; 

2) bo'g'iz; 3) bo'g'izdan yuqori qismdagi barcha nutq a'zolari kabi.

• Nutq apparatining quyi qismi bir juft o'pka diafragmalari va ularni

traxeyaga tutashtiruvchi bir juft bronxlardir. Diafragmadan chiqadigan

havo oqimi bronxlar orqali traxeyaga va undan bo'g'iz bo'shlig'iga o'tadi. 

Bo'g'iz bo'shlig'igacha bo'lgan qismdagi a'zolar (diafragma, bronxlar va

traxeya) tovush hosil qilmaydi, tovush bo'g'iz bo'shlig'ida hosil bo'ladi. 



• Bo'g'iz bo'shlig'ida hosil bo'lgan tovush paycha shaklidagi oraliq

orqali xalqum va og'iz va burun bo'shlig'iga o'tadi. Og'iz va burun

bo'shlig'i rezonatorlik vazifasini o'tab, tovushni har xil ohangga

soladi. Og'iz bo'shlig'ining hajmi va shakli boshqa nutq a'zolarining

ta'sirida turlicha holatga kirishi mumkin. Bulardan til, ayniqsa, katta

ahamiyatga ega bo'lib, u og'iz bo'shlig'ida o'zining turlicha harakati

va holati bilan unli va undosh tovushlar hosil qilishda qatnashadilar. 

• Og'iz bo'shlig'ida nutq a'zolaridan biri tanglaydir. Tanglay ikki

qismga – yumshoq va qattiq tanglayga ajraladi. Qattiq tanglay

tanglayning oldingi (tishlar va tish milklari alveollarga qadar) 

harakat qilmaydigan qismi, yum-shoq tanglay tanglayning orqa, 

harakatchan qismidir.




• Til o'zining harakatchanligi bilan boshqa nutq a'zolaridan farqlanib

turadi. Nutq tovushlarining paydo bo'lish o'rniga qarab tilni uchga bo'lib

ko'rsatish mumkin:

• 1)  tilning orqa qismi – tilning yumshoq tanglayga qaramaqarshi qismi;

• 2)  tilning o'rta qismi – tilning qattiq tanglayga qaramaqarshi qismi;

• 3)  tilning old qismi – tilning uchi va oldingi qismi.

• Tilning old qismining tishlar va tish milklariga yaqinlashish, jipslashish

yoki tor oraliq joy hosil qilishi portlovchi, sirg'aluvchi, qorishiq undosh-

larning hosil bo'lishiga sabab bo'lib, bu tish va tish milklarining ham 

tovush hosil qilishda ishtirok etuvchi muhim a'zolar ekanligini

ko'rsatadi.



• Tovush hosil qilishda lablar ham faol a'zolardan biridir. Lablarning

o'zaro oraliq joy hosil qilishi yoki jipslashishi ayrim sirg'aluvchi yo

portlovchi undoshlarning paydo bo'lishiga sabab bo'ladi: v, b, p

kabi.


• Burun bo'shlig'i burun tovushlari (m, n, ng) ni hosil qilishda

ishtirok etadi.

• Demak, tovush hosil qilishda nutq a'zolarining ishtiroki va harakati

bir xil emas. Shunga ko'ra nutq a'zolari faol va nofaol nutq




Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin