a'zolariga ajratiladi. Faol nutq a'zolariga tovush paychalari, kichik
til, yumshoq tanglay, til, lablar, nofaol nutq a'zolariga qattiq
tanglay, tishlar, tish milklari va burun bo'shlig'i kiritiladi.
• Tovush hosil qilishda nutq a'zolarining ishtiroki bir xil emas.
Tovush hosil qilish jarayonida ular turli vaziyatda va turlicha
harakatda bo'ladi. Biror tovushni hosil qilish, talaffuz qilish
uchun nutq a'zolarining muvofiqlashu-viga nutq artikulyatsiyasi
deyiladi.
• Har bir tovush artikulyatsiyasi yoki har bir tovushning hosil
bo'lish jarayo-nida nutq a'zolari uch holatni boshdan kechiradi:
ma'lum nutq tovushini hosil qilish uchun nutq a'zolari
harakatining ibtidosi (hozirligi, tayyorgarlik ko'rishi), nutq
a'zolarining tovush hosil qilish momenti (amal, ish, faoliyat),
tovush hosil qilingach, nutq a'zolarining oldingi holatga qaytishi
– nutq a'zolari harakatining intihosi.
• Masalan, b undoshini hosil qilish uchun lablar qanday harakatda turgan
bo'lishidan qat'iy nazar, jipslashish uchun harakatga keladi; bu – lablar
harakatining boshlanishi – ibtidosi, lablar jipslashib havo oqimini mutloq
to'sadi va bir lahzada ochiladi, havo oqimiga erk beradi, portlash natijasida
b hosil bo'ladi – ish, amal, bajariladi hamda tovush hosil bo'lgach,
lablarning dastlabki holatga qaytishi – lablar harakatining oxirgi bosqichi,
intihosidir.
• Tovushlarning artikulyatsiya usuli (paydo bo'lish usuli) va artikulyatsiya
o'rni (paydo bo'lish o'rni)ga ko'ra ajratilishi ham shunga bog'liq. Nutq
a'zolarining holati (jipsligi, oraliq joy qoldirish kabi) tovushning qay
usulda hosil bo'lishini – artikulyatsiya usulini, tovush hosil qilishda qaysi
nutq a'zolarining ishtiroki, tovushning qayerda paydo bo'lishi (bo'g'izda,
tilning biror qismida, labda) artikulyatsiya o'rnini belgilaydi.
• Nutqning fonetik bo'linishi. Nutq fonetik jihatidan tovushlar
zanjiridan iborat. Tovushlar zanjiri o'zaro birbiri bilan bog'liq va
ma'lum tartib asosida ketmaketlikka ega bo'lgan fonetik
birliklardan tarkib topgan tovush xalqa-larini tashkil etadi.
• Nutqning fonetik birliklari nutq zanjiri xalqalari sifatida
quyidagilarga bo'linadi:
• 1. Tovush.
• 2. Bo'g'in.
• 3. Takt.
• 4. Fraza.
• Fraza
– nutq zanjiridagi eng yirik fonetik birlik bo'lib, ular bir-
biridan pauzalar (bir nafas oralig'i) bilan ajralib turadi. Har pauza
oralig'ida so'zlov-chi nafas rostlab, navbatdagi fraza uchun
tayyorlanadi.
• Fonetik birlik bo'lgan frazani grammatik birliklar hisoblangan
so'z birik-malari va gap bilan tenglashtirmaslik lozim, chunki bir
gap bir necha frazani tashkil qilgani kabi, bir fraza bir necha
gaplardan ham tarkib topishi mum-kin. Masalan, Yer yetilib,
kunlar isigach, xo'jalik a'zolari chigit ekishni qizg'in boshlab
yubordilar gapida «yer yetilib», «kunlar isigach» kabilar gapga
teng; «xo'jalik a'zolari», «chigit ekishni», «qizqin boshlab
yubordilar» birikmaga teng frazalardir.
• Takt – bir urg'u ostida birlashadigan frazaning qismlaridir. Fonetik jihatdan
bir bosh urg'u ostida birlashadigan bo'lak taktdir. Masalan, Bir Vatankim /
tuprog'ida / har taraf gul / lola, bog' gapida to'rtta takt bor: foilotun, foilotun,
foilotun, foilun kabi.
• Takt o'z tarkibidagi so'zlarning urg'uliurg'usizligi bilan bog'liq. Ba'zan takt
tarkibidagi birinchi qism, ba'zan ikkinchi qism urg'uli yoki urg'usiz bo'lishi
mumkin. Bu shu qismlarning fonetik tuzilishiga emas, umumiy fikrning
ifodalanishiga ham ta'sir qilish mumkin.
• Yuqorida keltirilgan misoldagi «bir Vatankim» taktida asosli urg'u Vatan
so'zining ikkinchi bo'g'inida bo'lib, shu taktning «bir» va «kim» qismlari
urg'usiz yoki yordamchi urg'ularga ega. Shuning uchun bu taktda «Vatan»
«bir»ga nisbatan prokliza, «bir» «Vatan»ga nisbatan proklitika, «Vatan»
«kim»ga nisbatan enkliza, «kim» «Vatan»ga nisbatan enklitikadir.
• Bo'g'in. Takt bo'g'inlarga bo'linadi. Bo'g'in taktning bir
yoki birdan ortiq tovushlar qo'shilmasidir. O'zbek tilida
so'z bo'g'inlarini faqat unli tovushlar-gina shakllantiradi.
Masalan, «bir Vatankim» birikmasi bir-Va-tan-kim kabi
to'rt bo'g'indan tarkib topgan.
• O'zbek tilida (unli tovushlar V – vokal, undosh tovushlar
C – konsonant belgilari orqali ko'rsatiladi) so'z
bo'g'inlari quyidagi ko'rinishlarga ega:
NUTQ APPARATI
Dostları ilə paylaş: |