Fanning ishchi o’quv dasturi o’quv-uslibiy fakultet Kengashining 201_ yil
“___”__________ dagi “____” – sonli majlisida muhokama etilib, institut
3
Kirish
Iqtisodiyot nazariyasi fanining ishchi-o’quv dasturi iqtisodiy ta’limotlar tarixi,
iqtisodiy taraqqiyotning umumiy asoslari va bozor iqtisodiyoti nazariyasiga
tegishli mavzularni qamrab oladi. Mazkur dastur bakalavriat yo’nalishlariga
mo’ljallangan bo’lib bo’lg’usi mutahasis kasb-korining qanday bo’lishidan qat’iy
nazar, u o’z faoliyatining iqtisodiy natijalarini bilishi, iqtisodiy hodisalar
mohiyatini tushunib etishi, iqtisodiyotning sir asrorlarini idrok etishi talab qilinadi.
Dasturda talabalar mustaqil ishlab qo’shimcha bilim olishlari, yozma ishlar
tayyorlashlarini hisobga olib bir qator nazariy masalalar kengroq berildi.
Talabalarning iqtisodiy tafakkurini shakllantirishda iqtisodiyot nazariyasi fani
iqtisodiy fanlarning karvonboshisi hisoblanadi. Iqtisodiyot nazariyasi - iqtisodiyot
qonun-qoidalarini va rivojlanish prinsiplarini o`rganuvchi umum-iqtisodiy fanlar
turkumiga kiruvchi nazariy fandir.
“Iqtisodiyot nazariyasi” fanining mazkur ishchi o’quv dasturi O’zbekiston
Respublikasining Ta’lim to’g’risidagi qonuni asosida va kadrlar tayyorlashning
milliy dasturi talablaridan kelib chiqib, davlat standartlari bo’yicha bakalavriat
darajasidagi malakali iqtisodchi mutaxassislar tayyorlashni maqsad qilib qo’ygan.
Dostları ilə paylaş: